Respublika perinatal markazi mutasaddisi tugʻruqxonalarni optimallashtirish boʻyicha taklif berdi

0
459
marta koʻrilgan.

“Sogʻlom avlod” gazetasi va “Sogʻlom ona va bola” ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkil etilgan “Stol atrofida” loyihasi doirasida oʻtkazilgan davra suhbatida Respublika perinatal markazi direktor oʻrinbosari Shohida Bobojonova tugʻruqxonalarni optimallashtirish boʻyicha taklif bildirdi:

– Bugun baʼzi chekka tumanlarda ham birdan ortiq tugʻruqxona majmuasi mavjud. Biroq ularning barchasi ham zamonaviy talablarga javob bera olmaydi. Birida malakali mutaxassislar yetishmasa, boshqasida tibbiy jihozlar talabga javob bermaydi.

Shu sohada uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis sifatida, tugʻruq komplekslarini optimallashtirishni taklif etgan boʻlardim. Bu taklif oʻz-oʻzidan paydo boʻlgani yoʻq. Dunyoning juda koʻp rivojlangan mamlakatlarida tugʻruqxonalar birlashtirilib, katta tibbiy markazlarga aylantirilgan. Agar 2-3 ta tumandagi tugʻruqxonalar birlashtirilib, perinatal markazlarga aylantirilsa, u yerda yuqori malakali shifokorlarni jamlash hamda bu muassasani eng soʻnggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash imkoniyati yuzaga keladi. Natijada aholiga koʻrsataliyotgan tibbiy xizmatlarning sifati va samaradorligi  oshadi.

Ayrimlar oraliq masofa ortib, bemorni markazga yetkazish qiyinlashadi, deb eʼtiroz bildirishi mumkin. Lekin bugun homilador ayolni hech kim otaravada tugʻruqxonaga olib kelmaydi. Yengil mashinalar uzoqni yaqin qilib turibdi.

 

Gulchehra Shirinova yozib oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.