”Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini qoʻllab-quvvatlovchi “Ezgu oʻyli bolalar” tanlovi

0
465
marta koʻrilgan.

Assalomu-alaykum, aziz yurtdoshlar! Toshkennt shahar «Sogʻlom ona va bola» markazi va gujum.uz sayti tahririyatining  ”Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini qoʻllab quvvatlovchi  “Ezgu oʻyli bolalar” tanlovida ishtirok eting!

Maqsadimiz. Farzandlarining tarbiyasiga masʼuliyat bilan eʼtibor berayotgan bobojonu buvijonlar, ota- onalar va bolajonlar tanlov Siz uchun! Bu oilaviy tanlov. Sinovli pallada, oila davrasida vaqtingizni onlayn saboq olish, kitob oʻqish va sogʻlomlashtirish mashqlari bilan oʻtkazayotganingizni tahririyatimizga oqib kelayotgan maktublarni oʻqib ishonch hosil qildik. Xursand boʻldik. Shu bois  tanlov eʼlon qilib, oilaning kattalari Siz azizlarni bolajonlaringizning yutuqlari orqali ragʻbatlantirishni niyat qildik. Bu olamda ota-ona uchun bolaning baxtli onlarini koʻrishdan quvonchliroq nima bor! Shu bilan birga bolalarning oʻz isʼtedodini namoyon qila olish imkoniyatini ham yaratmoqchimiz.

 Tanlov tartibi: Aziz bolajon, Siz oʻzingiz oʻqib tugatgan kitobning mazmun- mohiyatini qisqacha sharhlaysiz,   yaʼni insho yozib, gujum @ list.ru elektron pochtamizga yoʻllaysiz. Goʻzal va mazmunli yozilgan har bir inshoni saytda yoritib boramiz. Saytimizda eng koʻp oʻqilgan uchtasining muallifini gʻolib deb belgilaymiz. Ushbu tanlov beshinchi sinf  va undan yuqori sinf oʻquvchilari uchun. Gʻoliblarni diplom va qimmatbaho estalik- sovgʻalar kutmoqda!

 Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun esa alohida uch oʻrinlik tanlovimiz bor. U ikki bosqichli boʻladi. Birinchi bosqichda  kichkintoylar, oʻzingiz oʻqigan kitoblar haqida ota-onangizning yordamida fikringizni yozib bizga joʻnatasiz(0,5-1 betlik). Ikkinchi bosqichda karantindan keyin tadbir uyushtiramiz. Tadbirda  1 sinflar uchun alohida, ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun alohida va uchinchi hamda toʻrtinchi sinf oʻquvchilari uchun alohida oʻqish bellashuvi oʻtkazamiz. Eng toʻgʻri va ifodali oʻqigan bolalar orasidan gʻoliblar tanlab olinadi. Unda albatta,  ezgu oʻyli kichkintoylarning yozgan fikratlari va sayt mushtariylarining qoʻllab quvvatlashi ham eʼtiborga olinadi. Sizni diplom va qimmabaho sovgʻalar kutmoqda.

Maqsaddan kelib chiquvchi natijalar. Ayni kunlarda mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan  ”Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati davom etmoqda. Baʼzilar saxovat va koʻmak deganda moddiy yordamni tushinadi.  Bolajonlar  yaxshi oʻqishingiz bilan ota-onangizga, oʻqituvchilaringizga koʻmak beryapsiz. Ota-onalar esa maʼnaviyatli insonni jamiyatga tayyorlab berishga hissa qoʻshmoqda. Aziz bolajon! “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga ushbu yoʻl bilan munosib hissa qoʻshgan boʻlasiz. 

Aziz ota-onalar va oʻquvchilar! ”Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini uyda qolib, oʻzingizning ijodiy faoliyatingizni namoyon qilib qoʻllab quvvatlaysiz degan umiddamiz.

Mamlakatimiz rahbari taʼkidlaganidek,zbek xalqi koʻpgina mashaqqatlarni yengib chiqqan mard va olijanob xalq! Azal azaldan   sinovli kunlarda vazmin  boʻlib, birlashib, bir-birini qoʻllab quvvatlab kelgan. Bugungi mashaqqatli  kunlarda ham milliy  qadriyatlarimizga xos boʻlgan birdamlik, bagʻrikenglik, sabr-qanoat namunalarini namoyon qilasiz, deya ishonamiz.

 Yana  pandemiyani oldini olish maqsadida karantin davrida uyda qolib, boʻsh vaqtlarni mazmunli oʻtkazish orqali tengdoshlaringizni ezgu saʼy — harakatingizga chorlaysiz. Boshqa oʻquvchilar ham sizlarning boʻyingizga qarab boʻy choʻzadi. Chunki, biz saytimizda kitobga  munosabatni, shaxsiy fikrini bildirib yozilgan insholarning mualliflarini oila davrasida kitob oʻqib oʻtirgan rasmlari bilan chop etamiz. Bu Sizni ijodiy fikrlashga ham, sermazmun muloqotga ham undaydi. Uni saytning ijtimoiy tarmoqlarida ham ulashamiz.

Yana bir ezgu tomoni saytda yoritilgan insholar asosida  bolajonlarni tengdoshlariga tanishtirib kitob tayyorlash niyatimiz ham bor. Aziz ota-onalar, albatta, bu faxrli quvonch bolaning ruhiyatini koʻtaradi. Oʻziga ishonchini oshiradi. Natijada immuniteti kuchayadi, salomatligi yuksaladi.

Hamkorlarimiz: Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi.

UYDA QOLING ONLAYN DARS TAYYORLANG VA KITOB OʻQING!!! Biz sizni ijodiy fikrlashga, sermazmun muloqotga undaymiz.

Raʼno ZARIPOVA, Toshkennt shahar «Sogʻlom ona va bola» markazi va gujum.uz elektron nashr  rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.