Shahrizoda: Kitob oʻqish jonu-dilim

0
320
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxonasiga jajji kitobxonlari tez-tez tashrif buyurib turadilar. Jumladan, 9 yoshli Nazirova Shahrizoda va 7 yoshli Safarov Jamshidlarning qizgʻin kitob oʻqish bilan mashgʻul paytlarini koʻp kuzatganmiz.

Ular bilan suxbatdan, Shaxrizoda: Kitob oʻqish jonu-dilim. Kitob bilimlar xazinasi va bolalarning doʻsti hisoblanadi.

Oksana Ivanovaning «Maymoq ayiqcha» va «Sinfdan tashqari oʻqish» kitoblarini  Jamshid bilan mutolaa qilib oʻzimiz uchun koʻp narsalar oldik.

Ayniqsa, rus bolalar yozuvchisi, Oksana Ivanovaning bolalar oʻqishiga moʻljallangan «Maymoq ayiqcha» nomli asari menga maʼqul. Kitobda maymoq ayiqchaning oʻrmon ichida ilk bora yolgʻiz sayr qilgani va sayohati davomida unga xali notanish boʻlgan voqea-hodisalarga duch kelgani haqida bayon qilinadi.

«Maymoq ayiqcha» kitobi yordamida men hayvonot olami bilan yaqindan tanishdim. Oʻzimni huddi asar qahramonlari — maymoq ayiqcha, olmaxon, quyon, tipratikon va boshqa oʻrmon hayvonlari rolida koʻrdim va bu menga juda yoqdi. Kitoblar doʻstlar kabi ajoyibdir. Chunki oʻquvchidan quvnoq, qaygʻuli yoki ochiqkoʻngil boʻlishni talab qilmaydi. Quvnoq syujet kayfiyatimni koʻtarishi, orzularga berilishga undashi, qaygʻulisi esa uni his qilish, asar qahramonlari uchun xavotirga tushishga undashi mumkin. Har bir yangi kitob men uchun xuddi men hali ochib ulgurmagan yangidan yangi moʻjizalar oroliga oʻxshaydi.

Aziz doʻstlar, ushbu kitoblarni oʻqishni tavsiya qilaman!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.