Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassisi QVPdagi doyalarning asosiy vazifasi haqida gapirdi

0
1058
marta koʻrilgan.

“Sogʻlom avlod” gazetasi tahririyati va “Sogʻlom ona va bola” ayollar va yoshlarni qoʻllab quvvatlash nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Onalik va bolalikni muhofaza etish” mavzuida tashkil etildi. Unda mutaxassislar sohaga oid turli savollarga javob berdi.

Har bir QVPda doyalar faoliyat olib boradi. Ammo QVPlarda tugʻruq jarayonini amalga oshirishga ruxsat etilmagan. Shunday ekan u yerda faoliyat olib borayotgan doyalarning vazifasi nimadan iborat?

Hozirgacha 3200 ta QVPlarimiz bor edi ular hozir 50 foizga qisqardi. Ularni oʻzaro birlashtirgan holda, yanada ixcham boʻlgan oilaviy poliklinikalari tashkil qilindi. Dastlabki tugʻruq jarayoni  boshlanganidan soʻng, oʻrtacha 8-10 soat oʻtgach tugʻruqning faol ikkinchi davri boshlanadi. Unga qadar esa ayollar tugʻruq komplekslariga yetkazib olib boriladi. Statistik maʼlumotlarga qaraganda tugʻruqlarning 1 foizini yoʻlda, uyda sodir boʻlgan tugʻruqlarni tashkil etadi. Bu juda katta koʻrsatkich emas. Shu jixatdan oladigan boʻlsak,  bu borada Respublikamiz tugʻruq holatlari boʻyicha juda yaxshi koʻrsatkichga ega. 

QVP va oilaviy poliklinikada faoliyat olib borayotgan doyalar homiladorlikning  ilk kunlaridan boshlab 9 oy davomida homilador ayol salomatligini doimiy ravishda kuzatib boradi.  Ammo bu – homilador ayolning salomatligi toʻlaligicha  doyalarga tashlab qoʻyiladi, degani emas. Homilador ayol koʻzi yorugunga qadar akusher-ginekolog tomonidan kamida 7 marta koʻriladi,  doyalar koʻrigi esa shu orada oʻtkaziladi. Bu koʻriklarda ayolning qon bosimi, uning umumiy ahvoli, homilaning rivojlanishi haqida kerakli maʼlumotlarga ega boʻlinadi. Oʻz tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, shunday doyalar borki, hatto oʻzimizning yosh akusher-ginekologlardan ham yaxshi bilimga ega. Bundan tashqari u oʻsha huddudda yashovchi ayolni ismi familiyasini aniq bilishdan tashqari, boshidan oʻtkazgan kasalliklardan ham yaxshigina xabardor.

QVPlarda tugʻruq jarayonini amalga oshirilmaydi. Sababi u yerda mazkur jarayonni amalga oshirish uchun yetarli darajada, toʻlaligicha shart-sharoit mavjud emas. Ushbu muassasada faoliyat olib borayotgan doyalar esa homilador ayollarning koʻzi yorigunga qadar doimiy ravishda salomatligini nazorat qilib, ularga kerakli tavsiyalar berib boriladi. Yurtimizning chekka huddudlaridagi QVPlardan uzoq masofada joylashganligi sababli tugʻruq komplekslariga ushbu hududdagi homilador ayollarni QVP doyalarining koʻrsatmalariga asoslanib koʻzi yorishidan vaqtli yuboriladi. Chunki ushbu holatda vaqt va masofa hisobga olinadi.

Tugʻruq komplekslari tuman, viloyat, respublika markazlarida joylashishining asosiy sababi nimada?

Tugʻruq komplekslari bizning respublikamizda meʼyoriy hujjatlar asosida 3 ga boʻlingan. Ular: birlamchi shahar yoki tumanning oʻzida joylashgan; Ikkilamchi viloyat markazlarida; Uchlamchi tibbiyot institutlari va respublika markazida joylashgan tugʻruq komplekslari.

Ular nima maqsadda bu turga boʻlinadi, degan haqli savol tugʻiladi? Xomilador ayollar oʻzlari istiqomat qilayotgan poliklinika yoki QVP ning umumiy amaliyot shifokori yoki doyalari tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgach, xomilador ayollar kategoriyalarga (toifalar)ga boʻlinadi. Deylik, nisbatan sogʻlom boʻlgan, tumanning oʻzida tugʻishi mumkin boʻladi, oldindan rejali ravishda malakali tibbiy xizmat koʻrsatish lozim boʻlganlari  viloyat markaziga hamda ahvoli ogʻirroq boʻlgan ayollar rejali ravishda respublika markazlariga joʻnatiladi.

Xurshida XUSENOVA yozib oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.