“Sogʻlom ona va sogʻlom bola” markazi faoliyati xususida ijtimoiy tarmoqda hamkorlar fikri: Ochiq osmon ostida “Jajji kutubxona” ochildi

0
275
marta koʻrilgan.

 Poytahtimizning Yakkasaroy tuman Yunus Rajabiy nomidagi maxallasining 70 va 72 – koʻp qavatli uylari oldidagi xiyobon va bolalar maydonchasida jajji kutubxonaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi fb ijtimoiy tarmogʻida. (fb. Hafiza Karimova 23 iyunya, 22:34).

Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi PQ-5040 sonli “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini amaliyotiga  bagʻishlangan ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yoshlar kamolotiga, oilalarning maʼnaviy-maʼrifiy yuksalishiga xizmat qiladi.

Bolalar maydonchasidagi «Mini kutubxona»ning ochilish marosimini Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining raisi  Adham Xursandboyevich Shodmonov qisqacha kirish soʻzi bilan ochib, parlament komissiyasi tomonidan NNT hamda jamoat tashkilotlarining el-yurtga munosib xizmat qiladigan loyihalari qoʻllab quvvatlanib kelinayotgani, bugungi tadbir ushbu amaliyotning biri ekanligini gapirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi, yozuvchi, tarjimon va shoir Muhiddin Omonov, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi rahbari H.Karimova, Oʻzbekiston Nodavlat va notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari N.Mahmudov, oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda Yunus Rajabiy mahallasi faollari, otaxonlar, onaxonlar va bolajonlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar insonni oʻqimishli, ziyoli ekanligini uning bir ogʻiz soʻzidan ham bilib olish mumkinligi, kitob mutolaasi dunyoqarashni kengaytirishini taʼkidladilar. Yaxshi kitob oʻqigan sari kishida hayotga oʻzgacha bir nazar bilan qarash boshlanishi haqida aytib berdilar. Muxtasar qilib aytganda, tadbirda kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida soʻz yuritildi. Biologiya fanlari doktori, professor, Turon FA si akademigi Dilorom Yormatova Amerika tajribasi asosida GUJUM. UZ saytiga maqola yozib taklif bergani toʻgʻrisida gapirdi.

“Sogʻlom ona va sogʻlom bola” markazi va GUJUM. UZ sayti rahbari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova ushbu minikutubxona Parlament komissiyasining qarori bilan berilgan grant doirasida amalga oshirilgani va uning maqsad va vazifalari haqida gapirdi.

“Jajji kutubxona” ochildi va kitobsevarlar eʼtiboriga xavola etildi. Ishonamizki, ushbu kutubxona mahalla ahliga, yoshlarimizning yanada yuksak salohiyatli, kuchli bilimli inson boʻlib voyaga yetishiga munosib xizmat qiladi.

MARKAZdan: Ezgulikni qoʻllab quvvatlagan, tadbirimieda ishtirok etgan masʼulyatli soha vakillaridan, hamkorlarimizdan, OAV vakillari- kasbdoshlardan tadbir ishtirokchilarining barchasidan xursand boʻldik. Ularning fikrini ochiq osmon ostidagi minikutubxonaning TASSUROT MULOHAZA FIKR TAKLIF nomli jamoatchilik daftariga bitib qoʻyamiz. Chunki, kelajakda  minikutubxonani yanada rivojlantirish niyatimiz ham bor.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.