Taniqli jurnalist Uyushma kutubxonasiga oʻz kitoblarini tuhfa etdi

0
477
views

Bugun Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova mehmon boʻldi. Muloqot jarayonida mamlakatimizda matbuot va soʻz erkinligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Respublikamiz davriy nashrlaridagi dolzarb mavzularga bagʻishlangan tanqidiy-tahliliy maqolalari bilan jamoatchilikka yaxshi tanish boʻlgan tajribali jurnalist Raʼno Zaripova ayni paytda Toshkent shahar “Sogʻlom ona va bola» markazi NNT boshqaruvi raisi va gujum.uz elektron gazeta rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Matbuot jonkuyari, koʻplab qissa, esse, hikoya, va publitsistik maqolalar muallifi Raʼno Zaripova Uyushma kutubxonasi fondi uchun oʻzining “Tarjima sanʼati va tarjimon mahorati”, “68-yil simfoniyasi sadolari”, “Ona yurting — oltin beshiging”, “Yurt qoʻshiqlari” nomli kitoblarini sovgʻa qildi.

Manba: JURNALISTLAR. UZ

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here