Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Yu.Rajabiy nomidagi mahallada tuman xotin qizlar qoʻmitasi, mahalla va «Sogʻlom ona va bola» ayollar va yoshlarni qoʻllab quvvatlash markazi NNT bilan hamkorlikda mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbir mutola madaniyatini yuksaltirish va toʻylarni tartibga olish masalalariga bagʻishlandi.
Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma qarori hamda ”Toʻylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Nizomning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Xalqimiz hamda yurtimizning buguni va kelajagining ifodasi, samarasi boʻladigan mutola madaniyatining yangi texnologiyalari haqida fikrlashib olindi. Hamda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytilgan muhim va ulugʻvor islohotlarning mohiyati sharhlab berildi.
Yakkasaroy xotin qizlar qoʻmitasi mutahassisi mahalla kutubxonasiga atoqli yozuvchi Tohir Malikning kitobini armugʻon qildi.
Shuningdek, mahalla faollariga toʻy va marosimlarni tartibga solishga doir maʼlumotnomalar tarqatildi.
Toʻy va marosimlarni oʻtkazish tartibi barchani qiziqtirayotganini tahririyatimizga kelayotgan koʻplab savollar ham ifodalab turibdi. Quyida “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra belgilangan qonun-qoidalar bilan tanishtiramiz.
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni oʻtkazishda quyidagi talablarga rioya etilishi shart:
- oilaviy tadbirlar faqat bir kun soat 06 dan 23.00 oraligʻida oʻtkaziladi;
- toʻy oʻtkazuvchi shaxslar kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilishi lozim;
- uchtadan koʻp boʻlgan avtomashinadan toʻy kortejlarida foydalinmaslik;
- pulli avtotransport xizmati litsenziyasiga ega boʻlmagan tashuvchilar tomonidan xizmat koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik.(shaxsiy mashinalardan foydalanish bundan mustasno);
- 50 nafar va undan ortiq shaxslar ishtirokidagi tadbirlarda tadbir egasi hamda toʻyxona, kafe va restoran rahbari oʻrtasida shartnoma tuziladi;
- sanʼatkorlar shartnoma asosida xizmat koʻrsatadi. Ikki nafardan oriq xonandaning(guruhning)xizmat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Milliy anʼanalarga yot, odob axloq qoidalariga zid boʻlgan quyidagi qoʻshimcha rasm-rusumlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi: kelin navkar, kuyov chaqirdi, chorlar, kelin chaqirdi, ota koʻrdi, togʻora yuborish, sep yoydi, pul sochish, quda chaqirdi va hakazolar
Dafn etish va motam marosimlari bilan bogʻliq quyidagi ortiqcha tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi: payshanbalik, pul tarqatish, mato ulashish, yetti, yigirma, qirq, yil oshi va hokazolar.
Mazkur Nizom 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.