Soʻnggi uch yilda mamlakatimizda 160 dan ortiq umumtaʼlim maktabi qurildi. Urganch shahridagi 1-son maktabi ham qaytadan qad rostladi. Umumiy oʻrta taʼlim sifati ilgʻor xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda. Oʻquv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllanilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Tahririyatimizga kelgan xushxabarlar ham buni tasdiqlab turibdi.
– Assalomu alaykum hurmatli Raʼno ammajon bugun sevimli singiljonim Dilnuraxon ingliz tilidan ONLAYN olimpiadada faxrli birinchi oʻrinni oldi. Oilamiz nomidan chin yurakdan tabriklaymiz, deya maktub yoʻllabdi tashabbuskor pedogog, saytimizning faol muxbiri Shaxnoza Pirmatova. Telegramm orqali olingan yangilikni va diplomini koʻrib men ham xursand boʻldim.
Dilnura Ishmetova Urganch shahridagi 1-son maktabining oltinchi sinfida oʻqiydi. U karantin paytida Rossiyada boʻlib oʻtgan ingliz tili boʻyicha onlayn tarzdagi “Vremya Znaniy” olimpiadasida 1-oʻringa munosib koʻrildi.
Eng quvonchlisi uyda qolib, oila davrasida oʻtirib, oʻz oʻrnini topa olayotgan yoshlarga va ota-onalari hamda ustozlariga tasannolar aytsa arziydi. Rossiyalik pedogoglarning tezkor uyushtirgan tanlovi ham maqtovga loyiq.
Isʼtedodli farzandlarimizning safi kengayaversin! Uyda qolib farzanndlaringizga eʼtiborni kuchaytiring.
R. ZARIPOVA