Prezidentimiz shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida maktab oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, oʻquv yuklamalari va fanlarni qayta koʻrib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini taʼkidladi. Maktablarning moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash, oʻquv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha vazifalarni belgilab berdi.
Maktab oʻquvchilarining bugungi yutuqlari, ota-onalarning quvonchlari ana shu saʼy- harakatlarning samarasi desak arziydi. Ana shu namunali shart-sharoitdan samarali foydalanish esa pedogoglar va ota-onalar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Rossiyada Online olimpiada.ru tomonidan 1-sinf oʻquvchilari uchun eʼlon qilingan matematika boʻyicha “V mire chisel” xalqaro olimpiadasida onlayn qatnashgan Shaxruza Olimjonova 1-oʻringa munosib koʻrildi.
Shuni quvonch bilan takrorlash mumkin-ki, nafaqat maxsus ixtisoslashgan maktablarda balki oddiy umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ham samarali yutuqlarga erishmoqdalar. Ular nafaqat oilasining, maktabning faxri, balki butun millatimizning baxtidir.
Murakkab sinovli kunlarda uyda oʻtirib, farzandlari taʼlim tarbiyasiga alohida eʼtibor berib, ularning salohiyatini tekshirib, hayotini mazmun-mohiyat bilan toʻldirayotgan bu kichkintoylarning ota-onasiga raxmatlar aytamiz.
Aziz ota-onalar, uyda qoling butun diqqatingizni oilaga qarating!
R. ZARIPOVA