Yozuvchi Togʻay Murod qalamiga mansub «Yulduzlar mangu yonadi» qissasini oʻqib…

0
1404
marta koʻrilgan.

Men, Xodjimatov Abdullox,  Uchtepa AKM kitobxoniman.  Ushbu tumandagi 107-umumiy oʻrta taʼlim maktabinig oʻquvchisiman.

Ayni kunda yozgi taʼtil davrini maroqli oʻtkazish uchun kutubxonadan olgan va  oʻqib ulgurmagan kitoblarimning mutolaasi bilan bandman.

Yozuvchi Togʻay Murod qalamiga mansub 1976 yili yozilgan «Yulduzlar mangu yonadi» qissasini oʻqib  tugatdim. Bu asar men oʻqiyotgan birinchi qissa. Avvallari ertaklar va hikoyalar oʻqirdim. Qissa meni juda qiziqtirib qoldi. Unda oʻzbek xalqining milliy kurashi badiiy ifodalarda aks ettirilgan. Boʻri polvon, Tilovberdi, Abil polvon obrazlari orqali milliy kurashning oʻziga xos xususiyatlarini bilib oldim. Sportning ushbu turiga mehrim tushdi. Milliy kurashimiz oʻzbek xalqining faxri, gʻururi, qadimiy milliy qadriyati ekanligini ushbu kitob orqali anglab yetdim.

Aziz tengdoshlarim, karantin 1 avgustga qadar choʻzildi. Oʻzingizni va ota-onangizni, yaqinlaringizni koronavirus balosidan asramoqchi boʻlsangiz uyda qoling, kitob oʻqish zavqini suring.  Kelajagimiz oʻz qoʻlimizda, bilim ola bilishimizda. Sizlarga ham «Yulduzlar mangu yonadi» qissasini oʻqishni tavsiya qilaman. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.