Zamonamiz qahramonlarini  izlab

0
282
marta koʻrilgan.

«Tadbirkor – elga madadkor», «Tadbirkor – taraqqiyot tayanchi», deymiz. Xoʻsh, tadbirkor boʻlish uchun nima qilish kerak oʻzi? 

Zamira Tojiyeva va Ibrohim Jumaniyozovlar oilasi  yantoq va  doʻrangʻidan boshqa  daraxt oʻsmaydigan choʻlu  biyobonda  yam-yashil archalar va anvoyi gullarni  oʻstirib, “Ibrat-Roʻzmat” parrandachilik fermer xoʻjaligini tashkil etishdi. Xorazm viloyatida tuyaqush parvarishini yoʻlga qoʻyishdi. 

Xorazm viloyat matbuot va axborot boshqarmasi jamosi “gujum.uz” sayti tahririyati  bilan hamkorlikda ushbu choʻlda boʻston yaratayotgan qahramonlar huzurida boʻlib ish tajribasini oʻrgandi.

Yetti xazinaning biri  parrandachilik rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan oilaning ikki gektarlik  xoʻjaligida kezib yurgan tuyaqushlar, bedanalar, turfa tovuq, oʻrdak, tustovuq va gʻozlar hayratingizni oshiradi.

Fermer xoʻjaligidagi Uzun junduk ( Uzuntumshuk)  deb nom qoʻyilgan tuyaqush oʻtgan yili 104 ta tuxum tugʻibdi Bu esa jahon boʻyicha deyarli rekord natija ekan. Gennislar kitobiga tuyaqushdan yiliga 106 tuxum olgan fermer kiritilgan ekan. Bu raqamlarni oila boshligʻi Ibrohim Jumaniyozovdan eshitdik.

Turmush oʻrtogʻi Zamira Tojiyeva biologiya oʻqituvchisi boʻlib, parrandachilik xoʻjaligi tuzish gʻoyasini bergan. Ibrohim Jumaniyozov esa turli kitoblarni izlab, oʻqib, internetlarga kirib ushbu gʻoyani rivojlantirishni  oʻylagan. Ana shunday qilib mutolaa tufayli  tuyaqush yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan.  Ha, oʻzbek xalqining tashabbuskorligi, izlanuvchanligi tufayli Afrika jonvori Xorazmda ham parvarishlana boshladi. Bu haqida biz hali alohida hikoya qilamiz.

Raʼno Zaripova,

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.