1 Iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

0
82
marta koʻrilgan.

Bugun respublikamizning barcha soʻlim bogʻ-u, keng maydonlarida  bayram nafasi kezmoqda. Bolalarga quvonchlar ulashilmoqda. Darhaqiqat, har bir bola sogʻlom va baxtli boʻlishga, ota-ona mehriga toʻyib yashashga  haqli. Buning uchun ezgu niyat, ezgu soʻz, ezgu amal darkor.

Aziz ota-onalar! Bolalaringizni quching – mehr berishga qodirligingizni anglaysiz.

Ezgu soʻzlarni sokin ovozda ayting – samimiyat rishtalarini mustahkamlaysiz.

Koʻzlariga qarab, qobiliyatlariga urgʻu bering – kayfiyati koʻtariladi, bagʻri kengayadi.

Aziz farzandlar! Ota-onangizni quching – qalbingiz taskin topadi.

Opa-singil, aka-ukangizni quching – baxtli ekaningizni chuqurroq his etasiz.

Aziz ota-onalar va farzandlar! 

Hayotga, atrofga mehr bilan qarang – turmushingiz yengillashadi, goʻzallashadi.

Azizlar, har bir kuningiz bayram boʻlsin!

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.