Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida shoir va tarjimon Abdulla Sher bilan
“Vatanim deb, choʻlgʻondim, sheʼrda” nomli ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda
uyushma aʼzolari, adabiyotshunos olimlar, shoir-u yozuvchilar hamda yosh ijodkorlar ishtirok qildi.
Ijodiy uchrashuvda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, adabiyotshunos olim Qozoqboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, adibning hayot yoʻli, ijodiy-ilmiy faoliyati, sheʼriyatining oʻziga xosligi haqida iliq fikrlar bildirildi.
Uning badiiy tarjima borasidagi mahorati alohida eʼtirof etildi.
Abdulla Sher J. Bayronning “Don Juan”, H. Haynening “Qoʻshiqlar kitobi”ini, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Axmatova, Charens, Tvardovskiy kabi shoirlarning sara asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirganganligini, shuningdek uning sheʼrlari, dostonlari ham rus, lit, ingliz, ispan, ozarbayjon, turk, qozoq, qrim-tatar va boshqa tillarga tarjima qilinganligini, faylasuf olim sifatida “Axloqshunoslik” va “Estetika” fanlaridan oʻquv-qoʻllanma va darsliklar yaratgan zaxmatkash, mehnatkash ijodkorligini taʼkidlashdi.
Uchrashuvda shoirning sheʼriyatda, tarjimachilikda va olimlikda oʻziga xos ibrat maktabiga egaligi eʼtirof etildi.