Alloma Ibn Sino oʻgitlari qisqa satrlarda!

0
235
views

Farzand tarbiyasidagi qadimiy qadriyatlarimiz haqida  ulugʻ mutafakkir  Ibn Sino shunday deydi: “Kimki, bolasini 12 yoshgacha ursa, soʻksa, xoʻrlasa va «odam boʻlmaysan» deb kamsitsa, kelajakda u albatta «battol» boʻladi.

Battol nima?  Battol — mexrsizlikdir. Kelajakda u oʻzini xoʻrlangan his qiladi. Aslida ham shunday. Natijada  ota-onaga qaramaydigan va gʻamxoʻrik qilmaydigan, umuman yaqinlariga, doʻsti yoronlariga sadoqat koʻrsatmaydigan inson boʻladi.

Xulosa shuki, farzandlarni mehr ila tarbiyalang va ota-onaning oʻzi ham namuna boʻlishi, biri-birini eʼzozlashi kerak. Oilaviy mehr-oqibatni bolaligidan his qilib oʻsgan farzand kelajakda na faqat ota-onasiga, aka-ukalariga, opa-singillariga balki, el-yurtga ham mehr  koʻrsata oladigan yetuk inson boʻlib yetishadi.

Bola tarbiyasi eng nozik faoliyatdir.

Komil ABDURAXMONOV tayyorladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here