AMUDARYo BOʻYIDA

0
310
marta koʻrilgan.

Naqadar farahbaxsh Jayhun sohili,
Oltindek tovlanar suv yuzida nur.
Goʻyo silab turar kunning kokilin
Beorom toʻlqinlar chayqalib masrur.

Bahordan daraklar keltirar yellar,
Yulgʻunlar isiga toʻlar toʻrt taraf.
Olis-olislarda oqqushlar suzar,
Kezar baxt qushlari sadafday saf-saf.

Turtib-turtib oʻtar boladek shoʻxchan,
Qirgʻoqda mudragan qayiqlarni suv.
Olovrang qamishlar umidvor, oʻychan,
Olam sahnasini tark etar mangu.

Harir patlariga berib oroyish,
Laylak qum sohilda turar isinib.
Gujum novdalari etar namoyish,
Qayta yaralishning falsafasini.

Oppoq chagʻalaylar falakning charxi,
Bulutlar koʻk uzra parqu yelkandir.
O Jayhun, qoshingga sevgidan sarxush
Meni subh tushlari boshlab kelgandi…

Faxriddin Hayit
15.03.2018

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.