Anbara Otamurodova: Radio va televideniye– tafakkur gultoji

0
380
marta koʻrilgan.

Butun umr jurnalistika sohasida, yanada aniqrogʻi radio va televedeniye yoʻnalishida javlon urgan Anbara Otamurodova  yaqinda qutlugʻ sakson yoshini nishonladi. Ijodkor ulugʻvor davondan turib, “Radio va televideniye– tafakkur gultoji” asarini nashrdan chiqartirdi.

Oʻzbek radio va televideniyesi tarixi, uning kadr ortidagi zahmatkash xodimlari haqidagi xotiralar, suhbat va maqolalardan iborat bu kitob qizi Madina Begaliyeva bilan hamkorlikda bitilgan. Hamkorlik ham bejiz emas. Madina hali oʻquvchilik yillaridanoq ona izidan borib, «Oʻzbekiston» radiokanalida boshlovchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. Ayni kunda «Oʻzbekiston» telekanalida sanʼatshunoslik yoʻnalishida muharrir boʻlib ishlamoqda. Ushbu kitob “Istiqlol” nashriyotida chop etilgan.

Anbara opaning qutlugʻ davonda turib, nashrdan chiqargan ikkinchi kitobi – “Xiva elchilari” deb nomlanadi. «Tafakkur qanoti» nashriyotida chop etilgan tarixiy asarni  Anbara opa turmush oʻrtogʻi Ollanazar  Abdurahimov bilan hamkorlikda yozgan. Unga «Antik dunyo» Xalkaro ilmiy akademiyasi akademigi, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov muharrirlik qilgan.

Ushbu asarda 1700-1920 yillar mobaynida Xiva va Peterburg oʻrtasidagi ijgimoiy-siyosiy, madaniy va savdo-sotiq sohalaridagi diplomatak munosabatlar toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Bu kitob tarix, geografik hududlar xaritasi, qadimda oʻtgan elchilar hayoti bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.