Botirjon Ergashev: SINOVDAMAN

0
53
views

Sinovdaman, Tangrim, xush damlaringda,
Yo yuborgan musibat, gʻamlaringda.

Har dam iymon aksi koʻrinib turgay,
Kiprigimga qoʻndirgan namlaringda.

Qudratingga taslim boʻlarman takror,
Quyoshning shiddati bor shamlaringda.

Hayotim rasmin chizib bormoqdaman,
Sen qoʻlimga tutgan qalamlaringda.

Poshsholik ham, gadolik ham Oʻzingdan,
Men koʻp narsa koʻraman kamlaringda.

Koʻtar, gʻaflat pardasin qalb koʻzimdan,
Yoʻqsa qolgum qahru alamlaringda.

Sinovingdan lolman, har yonga yoʻl bor
Manzili bir boʻlgan odamlaringda.

Botirman-u haybatingdan qoʻrqaman,
Sen yoʻq joy yoʻq barcha olamlaringda.

Manba: @Botirjon_Ergashev

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here