Chin dildan qilingan saxovat va muruvvat  koʻngil xotirjamligidir

0
287
marta koʻrilgan.

Qadimda bir saxiy boy yashagan ekan. U butun qishloqdoshlariga osh beribdi. Tadbirda  odamlar xursand boʻlib, boyni rosa olqishlashibdi.

Boyning yanada saxiyligi tutib, ziyofat yakunida har bir kishiga bittadan qoʻy beribdi. Odamlar boydan minnatdor boʻlib, ezgu tilaklar bildirib tarqalishibdi.

Boy «hozir odamlar meni rosa maqtashayotgandir, saxiy boy, yaxshi inson, deya duo qilishyotgandir», deb  oʻylabdi.  Xizmatkoriga, bildirmay ketayotgan odamlarning orasiga qoʻshilib, ular oʻzi haqida nimalar deyishayotganini bilib kelishni tayinlabdi.

Boyning xizmatkori boy aytganday qoʻy yetaklab ketayotgan bir gala odamlar orasiga qoʻshilib olibdi. Shunda odamlardan biri: “Shu boy yaxshi odamu, ammo oʻlgiday xasis-da, ha, nomard qoʻy berding arqonini ham bersang boʻlmaydimi!?” desa, ikkinchisi, “Obroʻ olish uchun qiladi». desa uchinchisi «Xasis boʻlmay oʻla” degan ekan…

Qissadan hissa shuki, obroʻ orttirish maqsadida sovgʻalar tarqatib,  dabdabali toʻy qilib hurmat-eʼtibor  orttirib boʻlmaydi. Haqiqiy izzat — hurmat samimiyat, tinimsiz mehnat, hamda  topganini koʻz-koʻz qilmasdan oʻz oʻrnida ishlata bilish yaʼni boylik bergan Allohga hamdu sanolar aytib, muhtojlarning koʻnglini topa bilish bilan amalga oshadi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.