Korney Chukovskiyning “Aybolit va chumchuq” sheʼriy ertak bizning sevimli kitobimiz, – deydi, MTM tarbiyalanuvchilari Fazilat va Maʼrifat Sadriddinovalar. Ular rus shoiri, adabiyotshunosining ushbu asarini bijillab gapirib berishni xush koʻrishadi. Ertak bolalarni ezgulikka chorlaydi.
Ertakda ilon chaqqan chumchuqcha haqida hikoya qilinadi. Chumchuqchaga birinchi boʻlib qurbaqa yordamga keldi. U chumchuqchani doktor Aybolitga olib borishga qaror qildi. Yoʻlda ular bir tipratikanga duch kelishdi, uning chumchuqchaga rahmi kelib, birga yoʻlga tushdi. Ular botqoqlar va oʻrmonlar boʻylab uzoq vaqt yurishdi. Kech kirdi. Hayvonlar qorongʻuda qanday yurishni bilmas edilar, chunki ular adashib qolishlari mumkin edi. U chirogʻi bilan yordamga qildi. U oldinga yurib, ularga yoʻl koʻrsatdi. Chumchuqcha butunlay zaif edi kechaga yaqin mohir oʻrmon shifokorining uyiga yetib borishdi. Kechasi bilan doktor Aybolit chumchuqchani davoladi. Va ertalab qushcha sogʻlom holda uygʻondi. Doktor Aybolit koʻplab hayvonlarni davolagan. Axir, u juda mehribon doktor Aybolit edi.
Suratda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogik fakulteti psixologiya kafedrasi dotsenti psixologiya fanlari nomzodi Shohista Samarova Fazilat va Maʼrifat bilan ertak terapiyasi mashgʻulotlarini olib bormoqda. Ushbu usul mutolaa madaniyatini yuksaltirishning eng samarali usulidir.
gujum.uz