Ezgu amallar, ehsonlar – uzoq va sogʻlom umrguzoronlik qilishning kafolati!

0
275
marta koʻrilgan.

Oʻzgalarga ezguliklar ulashib yashash, yon-atrofdagi kishilarning ogʻirini yengil qilish,  dardiga malham boʻlish, koʻmaklashish yoʻlidagi saʼy-harakatlar ham salomatlikka jismoniy mashqlardan-da koʻproq foydasi bor ekan.

Jahon mutaxassislarining tadqiqotlariga koʻra, yon atrofingdagi insonlarga mehr-oqibatli boʻlish muntazam odamlarga koʻmaklashish salomatlik garovi ekan. Xayriya faoliyati — xoh oʻzgalarga yordam berish, xoh kichik sadaqalar boʻlsin, nafaqat koʻngilni tinchlantiradi, balki jismoniy salomatlikka ham koni foyda ekan.

Gazetalar Betti Lou haqida u 96 yoshga toʻlganda yoza boshlashdi. U juda qari boʻlishiga qaramay, Manchester atrofidagi Solforddagi kasalxona kafesida koʻngilli boʻlib ishlardi: u kofe tashir, idish yuvar va bemorlar bilan gurunglashardi.

Keyin Lou 100ga kirdi. «Haliyam ishlaydi», deb yozishdi gazetalar. Keyin 102 yoshga toʻldi, undan keyin 104ga – gazetalar esa, hayratda qolishda davom etishardi. 106 yoshida ham Lou koʻrish qobiliyati zaif boʻlishiga qaramay, kafeda haftada bir kun ishlashda davom etardi.

Lou muxbirlarga koʻpchilik halovat istab, nafaqaga chiqish va uyda oʻtirishni afzal koʻradigan yoshdan keyin ham ishlashni davom ettirganini aytib berdi. Chunki bunday ish unga sogʻlom boʻlishda yordam berishiga ishonchi komil boʻlgan.

Aftidan, u haq boʻlgan. Koʻngilli boʻlib ishlash va pul xayriya qilishdan tortib oddiy kundalik xayrli ishlargacha boʻlgan xolis xizmat farovonlik va uzoq umr koʻrishga sabab boʻladi.

Tadqiqotlar, aytaylik, koʻngilli boʻlib ishlash barvaqt oʻlim xavfini 24 foizga kmaytiradi va kuniga  5 porsiya meva isteʼmol qilish oʻrnini bosishini koʻrsatyapti.

Undan tashqari, bunday odamlar qondagi qand miqdori koʻtarilib ketishi yoxud yurak kasalliklariga olib keladigan yalligʻlanish jarayonlaridan kamroq aziyat chekishadi. Ular, shuningdek, xayriyalarda ishtirok etmaydiganlarga nisbatan kasalxonada 38 foiz kamroq vaqt oʻtkazishadi.

Gallup World Poll oʻtkazgan bir tadqiqot natijasiga koʻra, koʻngilli boʻlib ishlashning salomatlikka foydasi dunyoning barcha burchaklarida kuzatilgan.

Albatta gap ilgaridan mustahkam salomatlikka ega odamlar koʻngilli xizmat koʻrsatishga qodir boʻlishlarida. Masalan, artrit dardi bor inson, oshxonaga kirib xolis xizmat qilolmaydi.

«Mustahkam salomatlik sohibi boʻlganlar koʻngilli boʻlib ishlari haqidagi tadqiqotlar mavjud. Olimlar bu haqda yaxshi bilganlari bois, biz tadqiqotlarimizda buni albatta hisobga olamiz», deydi Indiana Universiteti psixologi va filantropiya boʻyicha tadqiqotchi Sara Konrat. Hatto, mustahkam salomatlikka ega boʻla turib ham, xayriya faoliyati bilan shugʻullanish insonning salomatligiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi.

Undan tashqari, bir necha tasodifiy laboratoriya tajribalari oʻzgalarga yordam berish salomatlikka foyda berishining biologik mexanizmlari oshkor qilindi. Kanadada oʻtkazilgan shunday tajribalardan birida yuqori sinf oʻquvchilarini ikki guruhga ajratishdi: guruhlardan biri kichik sinflarga yordam berishga yoʻllandi, yana bir guruh shunday yordam berish uchun navbat kutishga qoldirildi. Toʻrt oy oʻtib tajriba yakunlangach, ikki guruh oʻsmirlarining farqi ularning qonida koʻrindi. Kichik sinflarga yordam bergan katta sinf oʻquvchilari qonida xolesterin miqdori past chiqqan, yurak va qon-tomir kasalliklariga sabab boʻluvchi yalligʻlanish markerlari ancha kam boʻlgan.

Albatta, pandemiya davrida koʻngilli boʻlib ishlash osonmas. Biroq, kishining boshqalarga yordam berish niyati qatʼiy boʻlsa, virtual kenglikda ham foyda keltirish mumkin, deb hisoblaydi Konrat. U, shuningdek, virtual xayriyaga doʻstlar bilan kirishishni tavsiya qiladi, chunki ijtimoiylashgan xayriya umumiy farovonlik uchun muhim hisoblanadi. Qizigʻi, qonda nafaqat rejalangan xayriya faoliyati natijalari, balki tasodifiy yaxshilik natijalari ham qayd etiladi ekan.

Kaliforniyadagi tadqiqot koʻra, notanish odamlarga kofe olib berish kabi oddiy xayrli ishlar qilish topshirilgan tadqiqot qatnashchilaridan birida yalligʻlanish jarayonlariga bogʻliq leykotsit genlarining  ancha past darajada faolligi kuzatilgan. Bu esa, yaxshi, chunki surunkali yalligʻlanish revmatoidli artrit, saraton, yurak kasalliklar va diabet bilan bogʻliq dardlarga olib keladi.

Odamlarni MRT-skaner ostiga yotqizib, ularga xolis boʻlish soʻralganda ularning miyasi ogʻriqqa qarshi qanday reaksiya qilishini koʻrish mumkin.

Koʻngillilar qatnashgan soʻnggi tajribalardan birida  qoʻlga yengil tok urildi. Natijalar aniq-ravshan boʻldi – sadaqa qilganlarning miyasi ogʻriqqa zaifroq reaksiya qildi. Eng qizigʻi, tajriba qatnashchilari qilgan ishlarini qanchalar toʻgʻri deb hisoblaganlari sari ogʻriqqa shuncha chidamli boʻlishdi. Shuningdek, koʻngilli ravishda tahlil uchun qon topshirish ogʻriqsizroq boʻldi. Vaholanki, birinchi holatda igna ikki barobar yoʻgʻonroq edi.

Oddiy yaxshilik va pul sadaqa qilishning salomatlikka ijobiy taʼsiri haqidagi misollarning adadi yoʻq. Masalan, nabiralariga muntazam qarab turadigan bobo va buvilarning oʻlim riski bolalarga qaramaydigan qariyalarga nisbatan 37 foizga kamroq. boʻlarkan. Bu muntazam jismoniy mashqlar orqali erishish mumkin boʻlganidan darak beradi. Bunda bobo va buvi nabiralarga qarash, ayniqsa ular judayam yosh boʻlsa, ancha jismoniy kuch talab qilishini bilamiz. Boshqa tarafdan qaraganda, oʻz rohati uchun emas, boshqalarga pul xarjlash, kuch sarflash uyquning yaxshilanishi, arterial bosimning pasayishiga sabab boʻlishi va uning samarasi gipertoniyaga qarshi ichiladigan yangi dorilar bilan bir xil boʻlishi mumkin.

Xayriya uchun pul oʻtkazib berish mushak kuchlari rivoji uchun yaxshigina turtki boʻlarkan. Kaftning kuchi ustida oʻtkazilgan tajribada  YUNISEFga pul oʻtkazib bergan qatnashchilar  pul berishni istamaganlarga qaraganda qoʻl tenajyorini 20 soniya koʻproq siqib turganlar. Shuning uchun, agar oʻzingizni, aytaylik, armrestlingda sinab koʻrmoqchi boʻlsangiz, karmoningizga koʻproq pul solib oling.

San-Diyego universiteti neyrobiologi Tristen Inagaki yaxshilik va altruizm jismoniy salomatlikka taʼsir koʻrsatishidan hech ham hayratga tushmaydi. «Odamlar favqulodda ijtimoiy mavjudot boʻlgani bois biz oʻzaro bogʻliq boʻlganimizda sogʻlom boʻlamiz. Xayriya esa, oʻzaro bogʻliqlikning bir qismidir», deydi u.

Inagaki bizning xayriya faoliyatimiz tizimini oʻrganadi – xulq-atvor va salomatlikning miya toʻqimalari bilan bogʻliqligini. Bu tizim ehtimol sut emizuvchilar standartlari boʻyicha juda chorasiz boʻlgan goʻdaklarni tarbiyalash, keyinchalik esa, katta ehtimol, boshqa odamlarga ham koʻmak berish uchun foydalanila boshlangan.

Koʻngilli xizmat va saxovat koʻrsatish bilan bogʻliq ezgu amallar nasldan naslga oʻtadi. Hamdardlikning uchdan biri bizning genlarimizga bogʻliq. Tadqiqotlar bu kabi yaxshilik nafaqat qalbimizga iliqlik olib kiradi, balki yurak sogʻ boʻlishiga ham hissa qoʻshadi. «Baʼzan shunchaki boshqalarga diqqat qaratishning oʻzi salomatlikka koni foyda», deydi Inagaki.

Azizlar ezgu amallarga eʼtibor bering, atrofingizdagilarga mehribon boʻling. Bizning xalqimizda «qoʻli ochiqning yoʻli ochiq» degan  matal bor. Ezgu amallarimiz koʻpayaversin, ruhiyatimiz yuksalib, salomatligimizni Allohning oʻzi beraversin.

R. SAPOYEVA tayyorladi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.