Faxriddin Hayit «JANGGOH» sheʼrida tojli virusga qarshi kurashishni qurolli janglarga , janggohlarga qiyoslab talqin qilibdi. Sheʼrning xulosasi goʻzal daʼvat bilan yakunlanadi. Darhaqiqat, aziz yurtdoshlar bugun uydan chiqmay tursangiz koronavirus balosidan gʻolib boʻlasiz.
Avvallari urushlarga
Yillab ketgan botirlar.
Olislarga koʻzin tikib,
Yigʻlab kutgan xotinlar.
Yov ham aniq roʻparangda
Turgan qilich koʻtarib.
Yo zambarak qonli jangda
Qoʻygan yerni toʻnkarib.
Bu dunyoning ishi baʼzan
Kelar telba-teskari.
Nomi oʻchsin, urushlar ham
Ketgan gʻoyat oʻzgarib.
Ajab, ming yil yashasang ham
Bu dargohda tolibsan.
Xalqim, bugun faqat uydan
Chiqmay tursang gʻolibsan!