Faxriddin HAYIT: Xalqim, bugun faqat uydan chiqmay tursang gʻolibsan!

0
879
views

Faxriddin Hayit «JANGGOH» sheʼrida  tojli virusga  qarshi kurashishni  qurolli janglarga , janggohlarga qiyoslab talqin qilibdi. Sheʼrning xulosasi goʻzal daʼvat bilan yakunlanadi. Darhaqiqat, aziz yurtdoshlar bugun  uydan chiqmay tursangiz koronavirus balosidan gʻolib boʻlasiz.

Avvallari urushlarga
Yillab ketgan botirlar.
Olislarga koʻzin tikib,
Yigʻlab kutgan xotinlar.

Yov ham aniq roʻparangda
Turgan qilich koʻtarib.
Yo zambarak qonli jangda
Qoʻygan yerni toʻnkarib.

Bu dunyoning ishi baʼzan
Kelar telba-teskari.
Nomi oʻchsin, urushlar ham
Ketgan gʻoyat oʻzgarib.

Ajab, ming yil yashasang ham
Bu dargohda tolibsan.
Xalqim, bugun faqat uydan
Chiqmay tursang gʻolibsan!

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here