Fikrlar chorlovi: SOʻNGAN   TAFAKKURni tiklash pallasi

0
379
marta koʻrilgan.

Tafakkur xaqida men anchadan beri fikr qilaman. Baʼzilar odamlarni ikki toifaga boʻlib qoʻyishgan. Puli koʻp, boy  va puli kam, kambagʻal. Baʼzi davralarga kirsang, soatlab oldi-qochdi gaplarni gapirib oʻtiradigan insonlarni jonquloqi bilan eshitishadi, chunki u boy. Ulardan manfaat bor.

Ogʻzi qiyshiq boʻlsa ham boyning bolasi gapirsin, degan iboraga amal qilgan holda butkul nafsga taslim boʻlganlarga hayron boʻlaman. Tafakkuri kuchli insonlarni esa, soʻzlarini eshitish u yoqda tursin yarimidan boʻlib tashlaydilar, yoki uch-toʻrt kishi boshqa mavzuda pichirlashib  oʻtiradilar.  Chunki  u  insonni puli kam yoki kambagʻal. Undagi tafakkurning kimga keragi bor. Kim ham kuloq solar edi.

Nima  qilish  kerak?  Baʼzilar barcha maʼnaviy olamni yigʻishtirib, pul topish, boy boʻlish ilinjida toʻrt tomonga yugirishga tushganlar.  Chunki  davralarda  soʻziga  quloq solishlarini, izzat- ikrom qilishlarini, davra toʻri uniki boʻlishini xohlaydida.

Boy boʻlishni birinchi navbatdagi eng oson yoʻli poraxoʻrlik, sudxoʻrlik, firibgarlik.  Biznesda aldamchilik.  Endi bu insonlar ham davralarda tafakkur bilan emas, oldi-qochdi gaplar, maqtanchoqlik qilib gaprishga oʻtganlar. Shu bilan falsafiy  tafakkur, maʼnaviyat  ham oʻlgan.

Uning  oʻrnini  maqtanchoqlik,  manmanlik,  insonlarni  mensimaslik       egallagan. Axir tafakkurni soʻndirgan oʻzimiz emasmi?

 Al qissa   hechdan koʻra kech. Balki, bu kunlar ham bir sinovdir.  Yana insoniyligimizga   qaytishimiz,  tafakkur qilishimiz  uchun  Ollox  bir imkoniyat bergan boʻlsa ajab emas.

Ayni paytda uyda qolib fikrlash imkoniyati keldi. Azizlar kitob oʻqing, oʻtkinchi hayotning magʻzi odamiylik ekanligini biling. Mutolaa ila maʼnaviyatingizni boyiting. Barchamizni tojdor virusdan Yaratganning oʻzi panohida asrasin.

 Uchtepa tumani  AKM rahbari        Barchinoy  Xodjayeva

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.