Dunyoni tutib turuvchi ustun ezgulik boʻlsa, uni qalblarda bunyod etadigan meʼmor kitobdir. Yigʻlab, kulib, dunyoni unitib oʻqiysiz. Uning moʻjizakor olamida yashaysiz. Turli qiyofalar, taqdirlar … Kitob mutolaa qilgan vaqtdan totli dam bormi dunyoda.
Baʼzan tanishlarimning farzandlarining gapga quloq solmasligi, oʻrtoqlarining nopokligi, keraksiz ishlar bilan band ekanligi, yana boshqa shu kabi holatlardan xafa boʻlganlarida “Uyingizda badiiy kitob bormi”? desam koʻpchilik hayron boʻladi. Oʻylab turib “Kitob oʻqishga vaqt qayerda, ishdan boshim chiqmaydi”… Shunda xalqumimga bir narsa tiqiladi. “Kitobsiz uyda ulgʻayayotgan boladan yana nima kutish mumkin”? Axir inson ongini rivojlantirayotgan, qalbini yaxshilik, ezgulik, goʻzallik bilan toʻlgʻizadigan narsa kitob emasmi!.
Prezidentimizning ilgari surgan besh tashabbusning biri ham bejiz kitobxonlikka qaratilmagan. Chunki jamiyatimizning ertangi kunini bilimli, ziyoli yoshlar yaratadi.
Millat kelajagiga, oʻz farzandim taqdiriga befarq boʻlmayman desangiz, aziz ota-onalar, avvalo oʻzingiz mutolaa qilib bolangizga namuna boʻling.
Barchinoy Xodjayeva, Uchtepa AKM rahbari