Vasila Poʻlatova tarjimasi: Hasadgoʻy shaftoli

0
359
marta koʻrilgan.

Mashhur musavvir va ixtirochi Leonardo do Vinchi bolalarga ham koʻplab ertaklar yozgan adibdir. Olim va yozuvchining ertaklarida tabiat, jonivorlar va oʻsimliklar, turli-tuman ish qurollari orqali, ular tilidan ota-onalarning farzandiga mehri, insoniy sahovati, sabr-toqati ulugʻlanadi. Yolgʻonchilik, maqtanchoqlik, manmanlik, xasadgoʻylikning ayanchli oqibatlari haqida qisqa, loʻnda xulosalar beriladi. Tarjimon Vasila Poʻlatova ana shu kichik ertaklarni oʻzbek tiliga oʻgirdi. U “Oʻzbekiston” nashriyotida “Leonardo da Vinchi xazinasidan” nomi bilan chop etildi.

Quyida ushbu kitobdan joy olgan ertaklardan birini oʻqiysiz.

Hasadgoʻy shaftoli. Bir bogʻda yongʻoq daraxti bilan shaftoli daraxti yonma-yon oʻsar ekan. Shaftoli hasadgoʻy ekan. U yongʻoq daraxtining baquvvat tanasiga, shigʻil mevasiga ichi kuyib qarar, undan oʻzib ketgisi kelar ekan.

– Bu insofdan emas, – mingʻirlarkan u, – nega endi yongʻoq shigʻil-shigʻil hosil solar ekan-u men qarab turarkanman. Mana koʻrasizlar, hali undan-da koʻproq meva tugaman.

– Behuda chiranma, – debdi uning vaysashlari joniga tekkan keksa olxoʻri daraxti. – Nahotki yongʻoqning nihoyatda baquvvat, shoxlari esa egiluvchanligini sezmading. Bellashaman, deb belingni sindirma. Yaxshisi, mevalaringni shirin sharbatga toʻla boʻlishi uchun harakat qil.

Biroq, hasadgoʻy shaftoli yon qoʻshnisining foydali maslahatiga quloq ham solmadi, oʻylab ham koʻrmadi. U ildizlariga yerga mustahkamroq va chuqurroq yopishib olib, hayot sharbatidan koʻproq sipqorishni buyurdi. Shoxlariga koʻproq kurtak otishni, gullaridan esa toʻliq mevaga aylanishni talab qildi.

Bahor oʻtib, yoz kelganda shaftoli daraxti murodiga yetgan, shoxlarining uchlarigacha yirik mevalar bilan toʻlgan edi.

Daraxt kundan kunga sharbat yigʻib, mevalari yiriklasha bordi. Hosil zalvoridan esa shoxlari soat sayin egilmoqda edi.

Kunlardan bir kun shaftoli shoxlari hosilni koʻtarolmay qarsillab sinib ketdi. Sharbat toʻla shaftolilar duvillab yerga toʻkildilar.

Ular yongʻoq daraxti poyiga bosh urib, uzoq yotishdi, keyin esa chirib, bir uyum axlatga aylanishdi.

Vasila Poʻlatova tarjimasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.