Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo: IKKI DOʻST…

0
9
marta koʻrilgan.

Choʻlda ketayotgan ikki doʻst, bir payt nima boʻldiyu, bir birlari bilan gʻijillashib kolishdi.

Shunda doʻstlarning biri ikkinchisining yuziga tarsaki tortib yubordi. Tarsaki yeganning joni ogʻridi, lekin hech nima demasdan yerga egildi

va qumga shunday deb yozdi: «Bugun eng yakin doʻstim menga tarsaki tushirdi». Yana yoʻllarida davom etishdi va bitta vohaga yetib kelishdi. U yerda koʻzlari suvga tushdi-yu, chanqoqlarini qondirish uchun shoshilishdi. Shunda boya tarsaki yegan doʻst suv boʻyidagi botqoqqa tushib ketib, choʻka boshladi. Doʻsti darrov yordamga shoshilib, uni oʻlimdan qutkarib koldi.

Oʻziga kelgandan keyin, bir oz muddat oʻtgach, bu safar bir toshga shunday deb yoza boshladi: «Bugun eng yakin doʻstim xayotimni saqlab koldi».

Uni kuzatib turgan sherigi soʻradi: «Tarsaki tortuvdim kumga yozding, endi esa toshga yozyapsan, nima uchun?»

Doʻstining javobi kuyidagicha boʻldi: «Birovdan ogʻringanimizda qumga yozishimiz kerakki, salgina shabada esganda ham oʻchib ketsin. Ammo, birovning qilgan yaxshiligini toshga bitishimiz kerak.  Toki hech bir shamol, boʻronlar uni oʻchira olmasin».

Hikmatdan hissa shuki, doʻstlikni qadrlay biling. Oʻrni kelganda yelka tuting. Ogʻringaningizda oʻzingizni tuting. Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo!

Komil Abduraxmonov tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.