HIKMATlar xazinasidan: Alloh sendan rozimi yoki norozimi?

0
254
marta koʻrilgan.

Bir kuni Luqmoni hakimdan soʻradilar: «Qancha yesam boʻladi?»
U zot javob berdi: «Ochlikdan yuqori, toʻqlikdan pastroq».
U zotdan yana soʻradi: – Qanchalik kulayin?
– Yuzing yorishsin, ovozing koʻtarilmasin.
– Qanchalik yigʻlayin?
– Allohdan qoʻrqib yigʻlashda hech ham malollanma (unda chegara yoʻq).
– Solih amalimni qanchalik yashiray?
– Imkoning qadar.
– Uni qanchalik oshkor qilay?
– Boshqasi senga ergashgunga qadar.
– Odamlar maqtasa qanchalik xursand boʻlay?
– Alloh sendan rozimi yoki norozimi? Shu narsani bilishing qadar.

H. Karimova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.