Ibrat izlaganga ibratdir dunyo…

0
477
marta koʻrilgan.

Bir kuni Amir Temurdan soʻrashibdi:

– Sizning oddiy beklikdan shunday buyuk saltanat sohibi darajasiga yetishingizga nima yordam berdi?

– Men hech qachon umidsizlikka tushmadim. Bir kuni dushmanlarimdan qochib, bir xarobaga berkindim. Qutulishdan umidimni uzib, hayron oʻtirganimda koʻzim bexos bir chumoliga tushdi. U oʻzining tanasidan deyarli ikki baravar katta bugʻdoy donasini sudrardi. Uning yoʻlida yogʻoch parchasi bor edi. Chumoli uning ustiga chiqishga harakat qilar, biroq yuki ogʻirligidan yerga tushib ketardi. Bugʻdoy donasi yumalab, devor tagiga tushar, chumoli qaytib tushib, rizqini olib ketishga harakat qilardi. Bu holat 50 martadan ham koʻproq takrorlandi. Chumoli nihoyat maqsadiga yetdi.

Bu kichkina jonzotning harakatini koʻrib, yuragimda shijoat, umid paydo boʻldi. Oʻz-oʻzimga dedim: «Nahotki, chumolicha gʻayratim boʻlmasa?!» Shundan keyin qatʼiyatli boʻlishni oʻrgandim, maqsadimga erishguncha tinmadim, hech qanday toʻsiqdan choʻchimadim.

Darhaqiqat, bu qadimiy dunyoni kuzatsangiz,  pastu balandliklar ham, turfa yoʻllar ham  koʻp. Faqat maqsadga yetishda qatʼiyyat, dadillik va tinimsiz ezgu saʼy-harakat zarur. Buni tarix, ota-bobolarimiz – Al Xorazmiy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdi kabi alloma-yu, sarkardalarimizning faoliyat yoʻli namuna boʻlib yoʻl koʻrsatib turibdi

Dildora MAVLYANOVA tayyorladi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.