Karimjonov Rustambek: «Ot kishnagan oqshom» kitobini oʻqib maza qildim

0
316
marta koʻrilgan.

Tahririyatdan: Uchtepa Axborot kutubxona markazi kitobxoni Karimjonov Rustambek Respublika Al — Xorazmiy nomli maktabining 7- sinfida taʼlim-tarbiya oladi. U mutolaani xush koʻradi. Quyida uning karantin davrida oʻqigan kitobi haqidagi taassurotlari bilan tanishasiz.

«Kitobning soʻzboshidagi ushbu   fikrlarni oʻqir ekanman asar bejizga yozilmaganligini angladim: Bu qissalar ne bir kunlarni koʻrmadi! Zoti nomard boʻldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Ogʻzi buzuq boʻldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qoʻli nopok boʻldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni oʻchirib tashladi. Oqibat, ushbu qissalar oʻz vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.

Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar boʻlsak… uloq Togʻay Murodda ketdi!»
Ayniqsa, menga ot tasvirlari juda yoqadi. Chunki hayvonot olamini yaxshi koʻraman. Uning oʻz egasi Ziyodullaga  vafodorligi Alpomishning Boychiborini   eslatadi.
Tendoshim, bu asarni oʻqib chiqishingizni tavsiya etaman!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.