Kitob mutolaasining inson salomatligiga foydasi

0
1552
marta koʻrilgan.

Allomalar hamisha kitobni aqlni charxlaydigan, maʼnaviy yuksalishga yetaklaydigan manbaa sifatida taʼriflaydilar, Masalan,  «kitob — aql chirogʻi», «kitob — bilim manbai»  kabi minglab maqol va matallar mavjud.

Keyingi paytda olimlar kitob oʻqishning inson ruhiyatiga va salomatligiga ham taʼsiri mavjudligini taʼkidlashmoqda. Xoʻsh,  mutolaaning inson fikratini boyitishdan tashqari yana qanday afzalliklari bor?

  1. Mutolaa asabni tinchlantiradi. Chunki, insonni  muntazam qiynayotgan  oʻylaridan chalgʻitadi, yangi olamga olib kiradi. Olam turfaligini anglashga oʻrgatadi.

      2. Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi. Kitob oʻqib, qalb ila turfa olamni eshitgach, oʻzining muammolari arzimagan bir kuyinchaklik ekanligini tushinadi. Qalb orom olsa, uyqu ham oʻz-oʻzidan keladi.

      3. Mutolaa qalbni yumshatadi.  Gʻazabni bosadi. Bagʻrikenglikka chorlaydi. Pirovardida ruhiyatni yuksaltiradi.

      4. Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi. Natijada eslab qolish xususiyati kuchayadi. Pedogoglar eslab qolish qobiliyatini kuchaytirish uchun bolalarga muntazam sheʼr yodlatishi ham ana shundandir.

      5. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishda samarali vosita. Halqimizning «birni koʻrib shukr qil, mingni koʻrib fikr qil» degan maqoli ham bejiz emasligini bu yoʻnalish yana bir bor eslatadi.

      6. Mutolaa insonga oʻz hayotidagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengib yashashga koʻmaklashadi. Oʻqiganlaridan oʻrganadi, xulosa chiqaradi. Oʻz hayotini taroziga solib qiyoslab koʻradi. Fikrlay boshlaydi.

      7. Kitob oʻqiydigan insonlar hayotda faol boʻlishadi. Muntazam harakatda boʻlish esa salomatlikni mustahkamlaydi.

     8. Mutolaa insonning soʻz boyligini oshiradi. Soʻz boyligining yuksalishi yaʼni dilizuvonlik esa har qanday davraga   bemalol kirib borish va oʻz oʻrniga ega boʻlish demakdir.

    Xulosa shuki, KITOB – inson umrini nurafshon qiladigan, uni yaxshilik, ezgulik, bunyodkorliklar sari undaydigan ilhombaxsh manbadir. Qalbingiz ziyo nuri bilan nurafshon boʻlsin, aziz mushtariylar. 

Farzandlarimiz yaratuvchanlik, ijodiy qobiliyatga ega, bilimli, erkin fikrlovchi, hayotsevar boʻlib voyaga yetishida tilakdoshmiz! Kitobxonlik  maqsadlarini amalga oshirishda har bir oilaga yangicha yondoshuvlar tilaymiz. 

Oydin Saʼdullayeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.