Makkai  mukarrama va Madinai munavvara – Alloh eʼzozlagan muqaddas shaharlar!

0
106
marta koʻrilgan.

Alloh eʼzozlagan muqaddas maskanlar – Makkai  mukarrama va Madinai munavvara kichik shahar boʻlishiga qaramay bir vaqtni oʻzida 10 million insonni kutib olib, kuzatishga qodir yer yuzidagi yagona shahar hisoblanadi.

Makkai  mukarrama deyilishi bejiz emas, ushbu maskan vahiy tushgan va hurmati vojib omonlik shahridir. Yer yuzidagi birinchi masjid – Masjidul Haram shu yerda joylashgan. U butun Islom olami uchun qibladir.

Madinai munavvara Muhammad paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning hijrat qilgan ikkinchi vatanlaridir. Madinai munavvara Islom tarixidagi birinchi poytaxt, Makkai  mukarramadan keyingi ikkinchi muqaddas joydir. Ushbu maskanda  Qurʼoni karimning koʻplab suralari, oyatlari nozil boʻlgan,   paygʻambarlarimizning muborak tanalarini oʻz bagʻriga olgan hamda koʻplab sahobalarni koʻrgan va  dafn etilgan porloq zamindir.

Bu yerda harbiylarning ishlash tartibi dunyoni biror bir davlatida boʻlmagan  katta hushyorlik va tezlikda amalga oshiriladi. Makkai  mukarrama deyilishi bejiz emas, ushbu maskan vahiy tushgan va hurmati vojib omonlik shahridir.

Ayniqsa, Ramazon va Haj oylarida ziyoratchilarni xavfsizligini saqlash uchun Saudiyani boshqa shaharlaridan kuchaytirilgan harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan askarlar umrachi va hojilar xizmatiga keltiriladi.

Makkai  mukarrama va Madinai munavvara koʻchalari toʻrt tarafdan yashirin kameralar bilan 24 soat mobaynida katta ekranda kuzatib, nazorat qilib turiladi.

Saudiya Arabistoni qonuniga binoan tegajaklik qilish jinoyati uchun yaʼni faqat gap otib, shilqimlik qilinsa,  birinchi martasida  bir yil qamoq jazosi yoki yuz ming riyal (27 ming AQSH dollari) jarima solinadi.

Ikkinchi marta begona ayol yoki erkakka tegajaklik qilish isbot boʻlsa besh yil qamoq jazosi va 300 ming Saudiya riyali (81 ming AQSH dollari) jarimaga tortiladi.

Agar insonni oʻgʻirlash yoki zoʻrlash yoki qatl qilish sodir boʻlsa oliy jazo yaʼni kalla chopilish jazosi amalga oshiriladi.

Bunday qonunlar boshqa jamiyatlarda amalga oshirilishi qay darajada oʻzingiz juda yaxshi bilasiz. Yana shuni taʼkidlash kerak-ki, Saudiya Arabistoni qonunlarini tatbiq qilinishida odamlarning rahbarligiga, boyligiga va  mansabiga qarab, muomala qilinmaydi, jinoyati isbot boʻlgan biror kishi jazodan chetda qolmaydi, albatta, jazoga tortiladi, mansabdan ketadi, qamoqqa kiritilib, moliyaviy jarima ham undiriladi. Qonun hammaga birday tatbiq qilinadi.

Bekmirza ZIYOYEV, arabshunos

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.