Mansur Yunus sheʼri: Oʻzbekning bolalari

0
308
views

Murgʻakkina qalbida,

Joʻsh uradi sadoqat.

Bolalarning nazdida,

Vatan mangu muhabbat.

Oʻzbekning bolalari,

 Goʻzal gul,  lolalari.

 

Bogʻlarida chamangul,

Xushovoz saʼva, bulbul,

Yal-yal boʻlib atirgul,

Yashnagay Vatan butkul,

Oʻzbekning bolalari,

 Goʻzal gul,  lolalari.

 

 Mehnatda koʻkrak kerar,

Qoʻli gul, hunari zar,

Goʻzallikda naqshinkor,

Jasur, polvon, betakror,

Oʻzbekning bolalari,

 Goʻzal gul,  lolalari.

 

 

 

 

 

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here