MUHIDDIN OMONning publitsistik bagʻishlovi elu yurt salomatligi yoʻlida jonini tikib, tunlarni tonglarga ulayotgan fidoyi zotlar aziz shifokorlarga sharafnomadir. Oʻzingizni, oilangizni, el-yurtni, jumladan shifokorlarni ham qaygʻuring, yaqinlaringiz davrasida uyda boʻling. Bu damlar ham gʻanimat. Mutolaa qiling.
Bu hayot hamisha imtihon, sinov,
Goh QUYOSH charaqlar, gohi, doʻl, qirov.
Nogoh gʻussa kelsa,nogoh bossa yov,
Hamisha topilgay mardi maydonlar,
Elga joni fido, chin qahramonlar!
Yogʻiy dushman doim tigʻ bilan kelmas,
Ochiq urush bilan,tugʻ bilan kelmas,
Baʼzan balo –ofat jonga qilar qasd.
Shunday chogʻ koʻksini qilib qalqonlar,
Maydonga chiqadi chin qahramonlar!
Azal shunday boʻlgan,shundaydir hamon,
Ezgulik yoʻlida fido aylab jon,
Har biri askardir,Vatanga posbon,
Omon boʻlsin, ular –mardi maydonlar,
El dardiga darmon,chin mehribonlar!
Sarhadlardan quvib, oʻlat vaboni,
Mingta dardga topib ming bir davoni,
Ruhin shod etgaylar Ibn Sinoni ,
Tabarruk insonlar, chin fidokorlar,
Sizga tahsin,olqish, ey shifokorlar.
Kim hakim degaydir, kim atar tabib,
Barchangiz el aro suyukli, habib,
Tunni tongga ulab, bedor oʻtkarib,
Baxsh etgan bemorga malhami jonlar,
Omon boʻling, aziz shafiq, insonlar!
Xalol rizq tutgaydir kasbi koringiz,
Elning baxti asli — Sizning boringiz,
Olamni qutqarmoq chin shioringiz,
Tabarruk insonlar, chin fidokorlar,
Sizga tahsin,olqish, ey shifokorlar!
Bilamiz, ayondir jangning poyoni,
Mardlar xalos qilgay dardmand dunyoni,
Ziyodan yorishgay yurtning osmoni,
Shubhasiz bu jangda gʻolib shunqorlar
Safining sarboni — Siz shifokorlar!
El aro tinchlikdir ezgu gʻoyamiz,
Shavkatli shu Vatan tayanch qoyamiz,
Siz bilan mustahkam bor himoyamiz,
Tabarruk insonlar, chin fidokorlar,
Sizga tahsin,olqish, ey shifokorlar!
Oʻzingizni, oilangizni, el-yurtni, jumladan shifokorlarni ham qaygʻuring, yaqinlaringiz davrasida uyda boʻling.
Rahmat Muhiddin !
chunki duxtirlarga atab sheʼr yoki qasidalar yozish unutilgan edi.
Bugun shu beorom insonlar tufayli uyimizda tinch va bexavotir oʻtiribmiz. Omon boʻlsin shu aziz insonlar.deb professor Dilorom Yormatova