Nafisa Moʻminova – xalqaro grossmeyster boʻlgan ilk oʻzbek qizi

0
305
views

Mansur Yunus kanalidagi Nafisa Moʻminovaning yutuqlari va tashabbusi haqidagi quyidagi xushxabarni oʻqib, ochigʻi havasim keldi. Hayot yoʻlini saʼy-harakatlarini maqsadli va intiluvchan hayot desa arziydi. Aqlning charxi boʻlgan shaxmatga oʻzbek bolalarini oʻrgatishni boshlagan ekan buni qutlash kerak. Balki bu maskanni koʻpchilik bilar, biroq men uchun yangilik boʻldi. Shaxsan tanishish istagim ham yoʻq emas. U reklamaga oʻxshab ketadi. Biroq, oʻzbek qizi haqida  keltirilgan dalillar  va raqamlar goʻzal!

Nafisa Moʻminova — xalqaro grossmeyster boʻlgan ilk oʻzbekistonlik ayol. «Oʻzbekiston iftixori» davlat mukofoti sohibasi.

Nafisa – ayollar oʻrtasida koʻp karra Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo chempioni.

2007 yilda Nafisa  birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, dunyoning 64 nafar eng kuchli shaxmatchilari qatori jahon chempionatida qatnashgan. U kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga borgan ilk oʻzbek qizi!

2013 yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi  (FIDE) uni xalqaro grossmeyster deb eʼlon qildi.

2014 yil Toshkentda Nafisa Moʻminova tashabbusi bilan  Sky Chess shaxmat maktabi ochildi! Ushbu maktab 4 yoshdan boshlab bolalarga shahmat oʻrgatishni va ular orasidan shaxmat chempionlarini tayyorlashni oʻzining maqsadi va vazifasi  qilib belgilagan.

Sky Chess — chempionlar avlodi! Manzil: Mustaqillik maydoni «Poytaxt» biznes markazi.

☎️(78)120-00-25, (97)137-00-25.       

Raʼno ZARIPOVA                                                  

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here