Narzulla Joʻrayev:Tamaddunga daʼvat

0
613
marta koʻrilgan.

“Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Joʻrayevning “Tamaddunga daʼvat” nomli monografiyasi nashr etildi. 

Kitobda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi haqida soʻz yuritilgan. Mamlakatning keyingi bir necha oʻn yilliklar mobaynidagi taraqqiyotiga asos boʻladigan ushbu strategik dastur asarda zamonaviy tamaddunga daʼvat etuvchi gʻoyalar majmui sifatida eʼtirof etiladi. Monografiya sodda, ravon tilda ilmiy-publitsistik uslubda yozilgan. 

 Muallif Harakatlar strategiyasi yurtimizni modernizatsiya qilish, boshqaruvni erkinlashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgani bilan eʼtiborga molikligini va bu oʻz navbatida  xalqaro maydonda Oʻzbekistonning oʻz soʻzi, qatʼiy xulosasi, ichki va tashqi siyosatda izchil pozitsiyasini mustahkamlashini taʼkidlaydi. 

Kitobdagi chuqur mantiqqa asoslangan fikrlar oʻquvchida yaxshi taassurot qoldiradi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.