Neʼmat Arslonning  “Savti sarvinoz” nomli kitobi taqdimoti

0
309
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi anjumanlar zalida kecha Neʼmat Arslonning  “Savti sarvinoz”  nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. 

Unda uyushma raisi, Oʻzbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid shunday dedi: Xalqimiz badiiy tafakkurining mahsuli boʻlgan  mumtoz va muazzam musiqiy durdona “Shashmaqom”– yaʼni  olti maqom  xalqaro tashkilot-YUNYeSKO tomonidan jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Maqom musiqa sanʼati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Unda mamlakatimiz Prezidenti maʼruza qilib shunday dedi: “Agar biz asl, haqiqiy sanʼatni bilmoqchi, oʻrganmoqchi boʻlsak, avvalo mumtoz maqom sanʼatini bilishimiz, oʻrganishimiz kerak. Agar biz sanʼatni, madaniyatni koʻtarmoqchi boʻlsak, avvalo mumtoz maqom sanʼatini koʻtarishimiz kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur”.

 Xalqaro maqom sanʼati anjumani Prezident qaroriga muvofiq, bu yil birinchi marta Shahrisabzda boʻlib oʻtdi. Endilikda  uni har ikki yilda bir marta oʻtkazilishi belgilangan.

Nemaʼt Arslonning  “Savti sarvinoz” kitobi ana shu saʼy-harakatlarga labbay deb javob berdi. Ushbu asarda  shahrisabzlik  bastakorning ijodiy faoliyati   orqali maqom ohanglari,  ruhi va falsafasi  aks ettirilgan».

Muallif bilan boʻlgan uchrashuvda  soʻz olgan ishtirokchilar  asarning oʻziga xos xususiyatlari haqida gapirishdi.

Tadbir soʻngida asar muallifi Neʼmat Arslon soʻz olib,  oʻn yildan buyon uylab yurgan gʻoyasini tezda kitob holiga keltirishda mamlakat  Prezidenti qarori  turtki boʻlganini gapirdi. Mamlakat Prezidentiga, uyushmaga  Toshkent shahridan ikki xonalik uy ajratgani uchun oʻz minnatdrorchiligini bildirdi.

Uchrashuv soʻngida  muallifga  Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Ijod” jamoa fondi tomonidan “Adib va jamiyat” turkumida chop etilgan kitoblar  armugʻon qilindi.

R. Safoyeva

 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.