Qadim zamonlarda bir oʻlkada qiz bilan yigit boʻlgan ekan. Ular bir-birlariga koʻngil berib, vaʼdalashgan ekanlar. Ularning ana shunday shodon kunlarida yurtiga yov bostirib kelibdi. Gʻoʻch yigitlaru barcha erkaklar kurashga otlanishibdi. Ammo, gʻalaba nasib qilmabdi. Omon qolganlar toqqa kochishibdi.
Yov askarlari goʻzal qizlarni oʻziniki qilib olishibdi. Ular orasida yigit vadalashgan qiz ham bor edi. Oylar oʻtibdi. Yigit qoʻshin toʻplab, oʻz qishlogʻini yovdan ozod qilibdi. Lekin oʻz sevgilisini topa olmabdi. Rosa izlabdi. Axiri yigit oʻt boʻlib, otash boʻlib, olovga aylanib, yer yuzini aylanaveribdi, qizni uchrata olmabdi.
Shunda odamlarni yigitga rahmi kelib, “koʻz yoshi qilib, pastga tush, shunda rahmi kelib, sevgiling senga oʻz jamolini koʻrsatar,-deyishibdi. Yigit boʻlsa hech kimning gapiga kirmay yana olov boʻlib aylanishda davom etibdi, oxiri oshiq yigit olovli sharga aylanib, koʻkda qolib ketibdi. Odamlar unga quyosh deb nom qoʻyishibdi.
Qiz esa oʻshandan beri oʻz yoriga yuzini koʻrsatishdan uyalib, nomozshomgulga aylanib qolibdi. Shu-shu quyosh ufqqa bosh qoʻygach, nomozshom gul chiroy ochar ekan.
Darhaqiqat, tabiat moʻjizaga boy. Uning sir-sinoatlarini bilish qiyin.
A. Doʻsmuratov,
tibbiyot fanlari doktori