Xalqimizda “Qush uyasida koʻrganini qiladi”. “Olma tagiga olma tushadi”, “Katta arava qayerdan yursa, kichik arava shu yerdan yuradi” kabi matallar bor. Bu oʻgitlar ota- ona dastlabki tarbiyachi ekanligini anglatadi.
Demak, farzand oldida ota- onaning masʼuliyati katta. Biroq, buni oila yetakchilarining barchasi tushinadimi? Hurmatli, ota-onalar bolalar sizdan nimani oʻrganishadi? Ularga boʻlgan munosabatingizni tahlil qilib koʻrganmisiz?
Agar bolani xar doim tanqid kilsangiz, u yomon koʻrishni oʻrganadi.
Agar bola janjalli oilada yashasa, agressiv boʻlishni oʻrganadi.
Agar bolani ustidan kulsangiz, u erkin fikrlashni, oʻylaganini dadil ifodalashni unitadi, “ichimdagini top” deydigan kishiga aylanadi.
Bolaga dakki berib taʼna qilaversangiz, aybdorlik hissi bilan yashashni oʻrganadi.
Farzand sabr-toqatni kuzatib, oʻssa, chidamlilikni koʻrib yashasa, boshqalarni qabul qilishni oʻrganadi.
Kichiklar halol luqma yeb, koʻzi halollikni kuzatib, qoʻli mehnatda boʻlib yashasa, adolatli boʻlishni oʻrganadi.
Bolalar xavfsizlikda yashasa, oʻzgalarga ishonishni oʻrganadi.
Agar bolani qoʻllab-quvvatlasangiz, u oʻzini qadrlashni oʻrganadi.
Bola bir-birini tushuna oladigan, doʻstona munosabatlarni koʻrib, ezguliklar orasida yashasa, u bu dunyoda mehr-muhabbat bilan yashab, mehr- muhabbat topish mumkinligini oʻrganadi!
GUJUM.UZ