Onajonimga ehtirom: YUZDAGI YOZUVLAR

0
158
views

Insonning hayoti juda murakkab,
Quvonchlar, tashvishlar yuzda mujassam.
Onam chehrasiga tushgan chiziqlar
Bundan darak berar zimdan qarasam.

Lek oʻqiy olmasman bu yozuvlarni,
Soʻzboshi daladir, yo balki paxta.
Ehtimol, mehnat deb yozilganmikan
Yurgan yoʻllaridan qolgan xarita.

Ehtimol tabiat nisor aylagan
Jannatiy ayolga ehtiromdir bul.
Chunki shu yozuvga tikilganimda,
Volidamga mehrim ortadi nuqul.

Olimjon  OʻSAROV

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here