Oʻsmirlik – umrning gulgʻunchasi!

0
258
marta koʻrilgan.

Bolalik — umrimiz bahori, orzu-umidlarimiz bilan ulgʻayadigan eng joʻshqin va haroratli damlar.

Bolalik, umrimiz mazmunini, qoʻyingki, butun hayotimizni belgilab beruvchi shunday bir nozik pallaki, bu davrda biz yaqinlarimizning alohida eʼtiboriga ehtiyoj sezamiz. Agar bunday fursatlarda ozgina eʼtiborsizlik holatlari kuzatilsa-chi? 

Men oʻqigan yozuvchi Tohir Malikning  «Alvido… bolalik» kitobda aynan shu jarayon bilan bogʻliq holatlar hayotiy, real voqea-hodisalar asosida yoritib berilgan.

Tengdoshlarim oʻqing, katta tassurotga ega boʻlasiz. Kitoblar bizning beminnat ustozlarimiz. Mutolaa oʻylashga,  chuqur fikrlashga va xulosalar chiqara bilishga oʻrgatadi.

Rustam Karimjonov, Toshkent shahar 330-maktabning 9-sinf oʻquvchisi

Tahririyatdan: Aziz oʻquvchilar!  «Ezgu niyatli bolalar» tanlovimiz yana sizning huzuringizda.  Taʼtildagi boʻsh vaqtlaringizni sermazmun oʻtkazing va  ushbu pallada oʻqigan kitoblaringiz, chizgan suvratlaringiz va boshqa ezgu amallaringiz haqida tengdoshlaringizga hikoya qilib, yaxshiliklar ulashing! Tanlovda goʻzal fikrlari, amallari bilan eng koʻp ishtirok etgan bolajon-u oʻsmirlarni tanlov yakunida  esdalik  sovgʻalari bilan ragʻbatlantiramiz. Bolajonlarim, faol boʻling oʻz isteʼdodingizni namoyon qiling. Maktublaringizni kutamiz.

 Manzil: e-mail: gujum@list.ru, ranobonu51@mail.ru

Telegrammda: Raʼno Zaripova

https://t.me/gujumuz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.