Ozod Sharafiddinov oʻgiti: Kitob oʻqishning inson shaxsi shakllanishidagi ahamiyati

0
367
marta koʻrilgan.

Xoʻsh, kitob odamga nima beradi? Kitob oʻqishning inson shaxsi shakllanishidagi oʻrni nimalardan iborat? Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov mulohazalari savollarga javob beradi:

Birinchidan, kitob bilim beradi, dunyo haqida, turli mamlakatlarning yashash tarzi toʻgʻrisida, ularning tarixi, joʻgʻrofiyasi, iqtisodi, xalqlarning rasm-rusumlari toʻgʻrisida bir umr xotirangizdan oʻchmaydigan tasavvurlar beradi.

Ikkinchidan, “Inson” degan gʻoyatda murakkab, gʻoyatda ziddiyatli, gʻoyatda tilsimli bir mavjudotning psixologiyasi, ichki dardlari, olamni idrok etish, yashash uchun kurashi, ulugʻligi va zabunligi, zoʻrligi va ojizligi haqida tasavvur beradi. Bularning bari sizni teran fikrlashga oʻrgatadi.

Uchinchidan, kitob sizning tuygʻularingizni tarbiyalaydi, estetik didingizni shakllantiradi, tabiatingizda dagʻallik, shafqatsizlik boʻlsa, ularni yumshatadi, qalbingizda ezgulik, olijanoblik yaproqlarining yozilishiga yoʻl ochadi. Koʻp kitob oʻqigan odam kitob oʻqimaganga qaraganda dunyoni butunlay boshqacha qimmatda va boshqacha ranglarda, boshqacha nisbatlarda qabul qiladi.

 Hofiza Karimova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.