Qisasi ar-Rabgʻuziy: Idris alayhissalom qissasi

0
2270
marta koʻrilgan.

Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabgʻuziy” asarini kitobat olamining goʻzal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab oʻtgan paygʻambarlarning hayoti, ezgu oʻy, ezgu amallari hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy qadriyatlarimiz uygʻunlashib ketgan.

Qadimiy turkiy tilni oʻzida ifoda etgan ikki jilddan iborat boʻlgan ushbu bebaho durdona asarning zamonaviy oʻzbek tilidagi talqinini Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti oʻqituvchisi Nodira Saʼdullayeva amalga oshirgan.

Durdona asarning navbatdagi qismida Idris alayhissalomning hayoti va faoliyati bilan tanishtiriladi.

Idris alayhissalom qissasi. Juda koʻp oʻqib izlangani uchun Idris alayhissalomni Ahnuh deb atardilar. Hayotligida yaratgan egamga eng koʻp takbiru tasbeh aytgan u edi. U tikish va bichish bilan shugʻullanar, har bir igna sochganda bir tasbih aytardi. Barcha farishtalar uning toat ibodatini tinglashni xush koʻrar edilar. U tirikligidayoq farishtalar yordamida doʻzaxu jannatni aylanadi.

Aytayin Idris yalovoch soʻzlarin,

Oqil eran aqlu xush birla anikim tinglayur.

Ilm ortiq olim erdi ibodatda soniy,

Fazli birla uluv olim ilmni kez anglayur,

Ilmu fazlu zuhdu judiyu darsu amal,

Toatingʻa barsa olam bil muni-yu kez tonglayur.

Oʻzi bilgan ilmini hech kim ersa bilmadi.

 Koʻp ibodat qilgʻanin teb xaloyiq tinglayur.

Oʻldi tirildi, tamugʻgʻa kirdi, chiqdi ul yana,

Ushtumoqqa kirdi, qoldi bir kun anda, monglayur.

Rivoyatlarga qaraganda toʻrt paygʻambar tirikdir. Iso bilan Idris ikkalasi koʻkda, Xizr va Ilyos alayhissalom esa yerda.

 Farishtalar Odam Ato bolalarini qon toʻkishda, johillikda ayblar edilar Yaratgan Tangrim farishtalardan zohidroq boʻlgan- Uzzo, Uzoyo, Azosil nomli uch farishtani yerga yubordi. Va zoʻravonlik, zino qilmaslikni, qon toʻkmaslikni, xarom ichkiliklar ichmaslikni, pora olmaslikni taʼkidlaydi. Kunduz bu ishlardan saqlaning, kechasi Koʻkka oshing, tonggacha menga ibodat qiling deya, qayta koʻkka oshish uchun farishtalarga uzuk beradi.

 Bir er-xotin janjallashib, Uzzo huzuriga kelishadi. Uzzo u ayolni koʻrib koʻngli sust ketadi. “Ey, xotin sen ilojsizsan., men bilan birga boʻlsang, koʻnglingdagidek hal qilib beraman”deydi. Xotin rozi boʻladi. Eri bundan xabar topgach, Uzoyoga borishadi. Uzoyo ham xuddi shunday yoʻl tutadi. Xotin unga ham rozi boʻldi. Vaʼdalashgan yerga kelishganida, har ikki farishtaga xotin shart qoʻydi. Uch ishdan birini qilmaganingizcha, sizga boʻysunmagayman. Yo xasmimni oʻldirasiz, yo xamr(aroq) ichasiz, yo butga sajda qilib, uzukni berasiz. Ular kengashdilar uzukni bersak, Koʻkka ucholmasmiz, kishi oʻldirmoq ham katta gunoh, xamr ichmoq biroz yengilroq deb aroq ichdilar Kayf boʻlib, erini oʻldirdilar, zino qildilar. Xotin ularning qoʻlidan uzukni olib koʻkka uchdi. Farishtalarga Farmon boʻldi. Makkor xotinni urdilar. U badbashara nusxaga aylandi. Arabchada u ayolning oti Zuhra edi. Forsiyda Nohid, ibriycha Biduxt, turkcha Saqt edi. Farishtalarga farmon boʻldi. Koʻk pardasin ochdilar Yaratgan egam ularning ahvollarini farishtalarga namoyon etdi va dedilar: “Olim va zohidroqlaringizga boqing”. Farishtalar aytdilar: ”Ilohim, sen hamma narsani bilguvchisan”.

Shu — shu arshni koʻtarib turganlar va uning atrofidagilar parvardigorimizning hamdi bilan tasbih aytib turadilar va Ollohga imon keltiradilar. Hamda moʻminlarning gunohlarini kechirishni soʻrab iltijo qiladilar. Avval istigʻfor qilmas edilar.

Uzzo va Uzoyo kayfi tarqagach, qoʻlida qon koʻrishdi. Aroq ichib zino qilganini, natijada uzukdan ham ajraganini anglashdi. Oʻkinib yigʻladilar. Mavlo Azza va Jalla bizni besh narsadan tiyilishimizni buyurgandi. Beshalasidan ham tiyila olmadik, deya afsuslandilar. Ular Odam Ato avlodlariga istigʻfor ayta boshladilar.

 Idris paygʻambar barcha Yer xalqining gunohlarini kechirishni soʻrab, tonggacha istigʻfor aytardi. Unga borib soʻradilar: “Bizni shafoat qilgʻil, Bizni Izi Azza va Jalla yorliqolsin”. Idris paygʻambar duo qildi. Farmon keldi: “ Ey, Idris, ularga aytgil dunyoning azobini ixtiyor etarmular yoki uqboni? (oxiratnimi)” Idris soʻradi. ”Ular barcha azobni qabul qilgaymiz” dedilar. “Oxirat kerak, dunyo azobini qabul qiling”, dedi Idris paygʻambar. Jabroil ularni Bobil etaklariga eltdi. Qil birla ikkalasini oyogʻidan osdilar. Yer yuzidagi barcha badboʻy hidlar, tutun boʻlib, burunlariga kirardi. Shundan keyin Mavlo Azza va Jalla ularning farishtalik Uzzo va Uzoyo otini olib, ularga Xorut va Morut deya ism qoʻydilar.

 Qissadan hissa shuki, Paygʻambarlarimiz, Avliyo-yu  ambiyolarimizning qoʻli mehnatda-yu dili ezgulikda boʻlgan. Demak odamlarga ezgulik ulashib yashagan, halol mehnat bilan hayot kechirgan, taʼmagirlikdan, razolatdan oʻzini tiygan kishini Alloh yorliqoladi, jamiyat ham qadrlaydi (Z.R; S.N).

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.