“Qisasi Rabgʻuziy” asari: Hud alayhissalom qissasi

0
1340
marta koʻrilgan.

Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabgʻuziy” asarini kitobat olamining goʻzal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab oʻtgan paygʻambarlarning hayoti, ezgu oʻy, ezgu amallari hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. 

Qadimiy turkiy tilda yozilgan ikki jildli ushbu durdona asarning zamonaviy oʻzbek tilidagi talqinini Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti oʻqituvchisi Nodira Saʼdullayeva amalga oshirgan.

Bebaho asarning navbatdagi qismida Hud alayhissalomning hayoti va faoliyati bilan tanishtiriladi.

Hud alayhissalom haqida Qurʼoni Karimning Fajr” surasida tilga olingan(R.Z.;N,S,).

Nuhdan kezin Hud yalovoch boʻldi uch yuz yil kechib,

Yurir erdi koʻp xaloyiqdin, shariʼatdan qochib.

Tunla –kunduz Hud tegurdi Tegrimizning yorligʻin,

”Sakiz ujmoqqa keling”, teb haqni botildin sijib.

Rabqa yozib, yoʻldin ozib, sunmadin dingʻa boʻyun,

Haqgʻa tonib, xalqgʻa yonib, butga sigʻinib, xamr ichib,

Olmadilar Hud soʻzin, bitmadilar Mavlogʻa.

Hech kim ersa aytmagan soʻz aytdilar yavloq ajib,

Aydi:”Yo qavmi ubadulloha” andin oʻzga tengri yoʻq,

Sigʻingʻan Haq hazratingʻa yigʻladi yoshin sochib.

Umasgʻa tegdi ersa un keltirdu yolborib,

Aytdi ingrab: ”Anta rabbi qodirun hayyun mujib”

Yetti tun, sakkiz kun ichra yoʻq boʻzun qildi ugʻon,

Yigʻna yurtuguncha yeldin odiylarga yoʻl ochib.

Hud paygʻambar alayhis-salom toʻqiz yashayurda odiy boʻzuni keldi

Va ila Aadin axahoʻm Hudan

Rabgʻoʻziy kitobida yozilicha besh paygʻambar arablardandir. Hud, Solix, Shis, Ismoil va Muhammad alayxissalom. Hudning toʻliq ismi sharifi Hud ibn Abdullox ibn Riyox ibn al Hulud ibn Od ibn Avaz ibn Iram ibn Som ibn Nux alayhissalom. Hud paygʻambarimizning ajdodlari orasida Od ismli bobosi bor. Demak uning qavmi bobosining ismi bilan ataladi.

Od qabilasi kishilariga oʻxshash kuchli, basavlat, paxlavon kishilar boshqa joylarda boʻlmagan. Ular qumli, sahroli yerlarda qomatlariga mos baland-baland ustunli muxtasham chodirlardan yasalgan goʻzal va ulugʻvor shaharda istiqomat qilganlar. Qabila aʼzolari devqomat, sersavlat, va baquvvat boʻlishsada, fikr doiralari tor boʻlgan. Oʻzlarini maʼnaviy yuksaltirish borasida izlanmaganlar.

 Boʻylari toʻrt yuz qariga (oʻlchov birligi-  qoʻl uchidan bilakkacha boʻlgan uzunlik) teng kelardi. Toʻrt yuz qari osmonga sakrab, pastga tushganlarida tizzalari qadar yerga kirib ketar edilar. Kuch –quvvatda yon atrofda ularga teng keladigan qabila yoʻq edi. Oʻzlariga kuchlariga yarasha oltin-u kumushdan but yasab, unga sigʻinar edilar. Bizdek kuchli qavm yer yuzida yoʻq deya oʻziga bino qoʻyib, magʻrurlanar edilar. Olloh bergan savlat bilan faxrlanar edilar. Ular kichik jussali xalqlar ustidan masxaralab kulardilar.

Od qavmi boshiga ish tushsa,  Makkaga qurbonlik qilardilar. Ular Makkaga  Mozid ibn Saʼd, Luqmon ibn Od (u Luqmani Hakim emas) Qayl ibn Umar degan uch kishini yubordilar. Mazid va Luqmon musurmon edilar. Makkada ularning  Muoviya ismli qarindoshi bor edi. U badavlat, saxiy va juvanmard edi. Ular bir oy uning mehmoni boʻlib, maishat qildilar. Asosiy maqsadni ham unitdilar. Ulardan Muoviya ham nafratlandi. U xizmatkorlariga yomgʻir tilab aytiladigan qoʻshiqlarni kuylashni soʻradi. Zora oʻzlariga kelib, maqsadni bajarib, uylariga qaytishsa deb, umid qildi. Haqiqatda ular qoʻshiqni eshitib, majburiyatini esladilar Kaʼbaga kelib, qurbonlik qildilar.

Qayl dedi: Ollohim agar Hudning aytganlari rost boʻlsa bizni serob qilgil. Sado eshitildi: Ey, Qayl bu bulutlardan birini  tanla. Qayl bulutlarga qaradi. Ular oppoq, qop-qora va qizil tusli edi. Qora bulut yomgʻirli boʻladi deb oʻylab, uni tanladi. U tanlagan azob buluti edi. Farishtalar  yelni igna koʻzidek ochdilar. Shamol yetti kun va sakkiz tun davom etdi. Qattiq esayotgan shamol mustahkam chodirlarni ham yirtib, buzib uchirib yuborgan. Hatto odam terilarini shikastlab, aʼzolarini toʻrt tomonga uchirdi. Biror jon qoldirmay hammasini halok qildi. Qavm ahlining jussasi qanchalik kuchli, baquvvat boʻlishiga qaramay, hech nima qila olmadi. Hatto Holchop ismli eng kuchli odam shamolning yoʻlini katta tosh bilan toʻsmoqchi boʻldi. Yel uni tosh bilan birga uchirib ketdi. Ular qirq kun-u tun qiynalib halok boʻlishdi.

 Qayl buni eshitib dedi: “Ey, Ollox bu rost boʻlsa meni ham halok qil  Yel keldi. Qaylni ham chaldi. Mazid va Luqmon ikkalasi omon qoldilar. Eshitganlarini, koʻrganlarini barchaga ayta berdilar.

 Farishtalar Hudning atrofiga chiziq tortdilar. Unga hech nima qilmadi.

 Bugungi kunda ishlatiladigan ayyomi ajuz soʻzi ana shu kundan qolgan. Shuning uchun erta bahor keladigan sovuqni ayyomi ajuz ataydilar.

Hud paygʻambar hikoyati orqali Rabgʻoʻziy kuch-quvvat, mol-mulk har doim ham foyda bermasligini, shuning uchun dunyodagi barcha narsani   mol-mulk bilan oʻlchashlik xato ekanligini taʼkidlaydi. Dunyo neʼmatlari insonga sinov uchun berilishi yoki berilmasligini uqtiradi. Mullif oʻziga bino qoʻyishlik, manmanlik, takkaburlik, boshqalarga bepisand muomalada boʻlish oxir-oqibat falokatga olib keladi, ezgulik, imon, eʼtiqodgina maqsadga yetkazadi, deya xulosa chiqaradi.(R.Z.;N.S.)

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.