“Qisasi Rabgʻuziy” asari: Muso alayhissalom(davomi)

0
818
marta koʻrilgan.

Mumtoz adabiyotning beqiyos namunasi  “Qisasi Rabgʻuziy” asarini qadimiy turkiy tildan zamonaviy oʻzbek tiliga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti oʻqituvchisi Nodira Saʼdullayeva oʻgirgan.

 Asarning  navbatdagi qismini eʼtiboringizga havola qilamiz

Tavrot qissasi

Bani Isroil (Isroil Yaʼqub paygʻambarning nomlaridan biri) Isroil bolalari deyilganda yaxudiylar tushuniladi. Ularning kim ekanliklari va topajak oqibatlari haqidagi batafsil hikoyalar Baqara va Ol-i Imron suralaridagi oyatlarda nozil etilgan. Tuyaning goʻshti bilan sutidan boshqa narsa bani Isroil qavmiga halol edi. Baqara va Ol-i Imron suralarining uchdan bir qismi Tavrot va Injilga imon keltirganlar, xususan, yaxudiylar haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.

Bu sura nega Baqara, yaʼni sigir surasi deb atalgan? Qadimda bani Isroil qavmida boʻlgan biri kishi oʻldiriladi. Ammo uning qotilini topa olmaydilar. Shunda Olloh Taolo Muso alayhissalomga qavminggga aytgin, bir sigir soʻyib, uning bir boʻlagi bilan oʻlikni ursinlar, deb buyuradi.  Ollohni buyrugʻini bajo qilganlarida, haligi oʻlikka jon kirib, qotilini kimligini aytadi. Bunga yaʼni adolatli hukmdan yuz oʻgirishlariga sabab ularning bizga sanoqli kunlardagina doʻzax oʻti tegadi deyishlarida oʻzlari toʻqigan bu yolgʻonlari  ularni oʻz dinidan adashtiradi. Yaxudiylar bizning faqat ajdodlarimiz buzoqqa sigʻingan, qirq kun muddatdagina doʻzaxda boʻlamiz, keyin esa albatta jannatga kiramiz deb daʼvo qiladilar.  (R.Z; N.S.)

Bani Isroil qavmi aytdilar: “Ey Muso, bizga Mavlo kitob yuboradi deb vaʼda qilgan eding, endi duo qil kitob yuborsin”.

Muso Tur togʻiga keldi. Munojaat qildi: “Ollohim, nima tilashimni oʻzing bilasan”.

Mavlo Taolo “Tavrot” kitobini Musoga yubordi. U ming surali oyat boʻlib, oʻn lavh uzra bitilgan edi. Aytishlaricha lavh yashil, qimmatbaho tashdan edi. Qizil yoqutdan boʻlgan qalamning unini Muso eshitar edi. Tavrot Muso yonida bitildi.

Vahiy keldi: “Koʻtargil”. Muso koʻtara olmadi. Mavlo Taolo farishtalarini yubordi. Koʻtara bilmadilar. Har bir oyat uchun bir farishta keldi. Koʻtara olishmadi. Har bir harf sari bir farishta yubordi. Koʻtara olishmadi. Musoga yana vahiy keldi: “Kuch-quvvat va qudrat faqat Ollohning yordami bilan boʻladi” degan kalimani oʻrgatdi. Muso ushbu kalimani aytib, bir oʻzi Tavrotni koʻtardi. Qavmiga keltirdi. Bani Isroil kattayu kichigi, erkaku xotin yetti tun- kun kitobni oʻqidilar.

Soʻngra Muso kelib, uni boshqa yerga oldi. Aytdi: “Tangri Taolo bu kitobni sizga yubordi. Ibriycha yozilgan bu kitobda yetti ming farmon, buyruq bor. Toat ibodatga yetti ming yoʻl oʻrgatilgan. Masʼiyatga yetti ming oʻgit bor. Yetti ming ezgulik, ehson bor”. Bani Isroil bu gapni eshitib dedi: “Bularni kim saqlay biladi? Buni koʻtargandan koʻra bizga sigir-buzoqqa topinganimiz yaxshiroq”. Muso javob qildi: “Siz qanday kishilarsiz? Oʻzlaringiz iltimos qildingiz, Olloh Taolo vojib qildi. Yana inkor qilarsiz?”

Muso Ollohga iltijo qilib, duo qildi: “Ollohim, men bulardan iltimos qildim, biroq gapimga quloq solmaslar. Yangi narsani qoʻlga kiritgach yana soʻzidan qaytaveradilar”

Muso qoʻshini oʻn ikki yigʻochlik yerga tushgan edi. Jabroilga farmon boʻldi. Falastin togʻlaridan oʻshancha qoʻshinni bosadigan togʻning tubidan qoʻporib ularning boshi uzra koʻtardi. Bani Isroil qavmi ustida Tur togʻlarini soyabondek koʻtarib turdi. Agar bizning buyruqlarimizga itoat qilmasangiz, ustingizga tashlab yuboramiz. Muso aytdi: “Odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat boʻladigan kitob ato etsin dedingiz, Ollohga iltijo qildim. Iltijomizni vojib qildi. Endi uni qabul qiling. Agar tonsangiz bu togʻ bizni yanchar”. Unamadilar. Ishonmadilar. Togʻ endi, boshlarigacha keldi. Uch kishini bosdi. Yuzi bilan tuban tushdilar. Soʻlgʻin yanoqlarini yerga qoʻyib, soʻliq koʻzlari bilan toqqa boqdilar. Tosh yanada endi.  Yanoqlarigacha keldi. Ular qabul qildilar. Juhudlar aytarlar: “Otalarimiz ana shunday qilib, balodan qutulib, namoz oʻqiydigan boʻldilar”.

Asarning birinchi qismi tugadi. Kitobning xotimasida aytilganidek, asarni yozganni ham,  uni koʻpaytirganni ham, oʻqiganni ham  Olloh oʻz nuri ila choʻlgʻasin! Oxiratini obod qilsin!

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.