“Qisasi Rabgʻuziy” asari: Muso alayhissalom(davomi)

0
2269
marta koʻrilgan.

Mumtoz adabiyotning beqiyos namunasi  “Qisasi Rabgʻuziy” asarini qadimiy turkiy tildan zamonaviy oʻzbek tiliga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti oʻqituvchisi Nodira Saʼdullayeva oʻgirgan.

 Asarning  navbatdagi qismini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Chigirtka qissasi

 Anas ibn Molik roziyaallahu anhu aytdi: Yaalovochimiz Muhammad mustafo chigirtka kelishida bir duoni oʻqir edilar: Ey Olloh chiritkani halok qil. Ey Olloh uning yoʻlini toʻs. Yo Olloh uning kattalarini oʻldir va kichiklarini halok qil, tuxumlarini qurit palagʻda qil. Va bizning hayotimiz mamotimiz boʻlib turgan rizqimizni yeb qoʻyayotgan ogʻzidan tut.

 Yana Jobin ibn Abdulloh rivoyat qiladi. Umar roziyaallahu anhu xalifa boʻlganida chigirtkalar quridi. Hech kim xabarni aytmadi. Umar sahoba qaygʻuga choʻmdi. Yaminga kishi yubordi. Yamindan bir hovuch chigirtka keltirdilar. Umar uni koʻrib uch marta Allohu akbar dedi. Yana aytdi: Rasul alayhissalomdan eshitdim. Olloh ming turli mavjudod yaratgan  Ulardan olti yuz turi suvda toʻrt yuz turi quruqlikda yashaydi. Hamma mavjudodlarning avvali chugurtka boʻlib, qiyomat yaqinlashganda u eng avvalo yoʻq boʻlgay. Undan keyin boshqalari yoʻqola boshlaydi. Tizilgan moʻnchoq uzilgan kabi hammasi bir-bir toʻkiladi.

Maqsadga kelsak, mamlakatda chigirtka qolmadi, oziq- ovqat ham tugadi. Musulmonlikni qanday qabul qilaylik deyishdi xaloyiq. Muso yana duo qildi. ijobat boʻldi. Mavlo taolo yorligʻi bilan barcha suvlarda nima boʻlsa chiqdilar. Aytmishlar Musoga yorliq boʻldi. Nil daryosi qirgʻogʻiga keldi. Tayoq birla ishorat qildi. Ostin ustin baqalar bir biriga ishorat qildilar. Baqalar tun qorongʻusidek dengizdan chiqdilar U kishining egniga tegdilar va tong bilan yana joyiga qaytdilar Barcha ariqlarda suv qon kabi oqdi. Bani Isroilning arigʻidan ana shunday suv oqdi. Qaysiki, kibtiy suv ichsa u halok boʻldi. Yetti kun ariqdan qon oqdi. Firʼavn otlanib suv boshiga bordi. Barcha ariqlarda qon koʻrdi, faqat bani Isroil arigʻida suv oqardi. Biri aytdi men juda chanqadim. Oyogʻini suvga tiqdi. Ilki tekkan yer qon boʻldi. Bani Isroil olgan suv toza boʻlardi, kibtiy olgan suv qon boʻlardi. Ular yaratganning oldida ojiz boʻldilar.

Firʼavn yogʻoch suvini soʻra boshladi. Ammo Alloh amri bilan unga qonmadi. Yanada chanqogʻi ortdi. Musoga men borayin. Oldingilar vaʼda berdilar soʻzida turmadilar, endi men soʻzimda turay dedi. “Sen duo qil bu balo dap boʻlsin senga bani isroil xalqini beray va yana musurmon boʻlay”,- dedi. Muso qabul qildi. Duo qildi. Balo chekindi. Suvlar oqa boshladi. Muso firʼavinga keldi. Vaʼdaga vafo soʻradi. Firʼavin aytdi: Bani Isroilni berayin. Bu yerda turmagil. Otalaring viloyatiga borgin dedi. Bani Isroilni Musoga topshirdi. Mollarini bermasman dedi.

Muso Bani Isroil ulugʻlarini yigʻdi duo qildi. Ijobat boʻldi: Bani Isroilning erkaklari ayollari kibtiylar uyiga kirsinlar. Bizning hayitimiz bor. Molimizdan olsinlar Kiyim- kechak, qoʻlidagi, qulogʻidagi narsalarni omonatga oling. Bayramdan keyin yana keltirib beraylik dedi. Olloh kibtiy ayollarining koʻngliga mehr joyladi. Barchasi zebu ziynatlarini Bani Isroil ayollariga berdilar. Yana yorliq boʻldi. Eshiklariga qon surkadilar. Tunda chiqqanda bir-birini tanish uchun. Mavlo taolo qibtiylarga uyqu berdi. Birortasi uygʻonmadi.

Muso yalovochning koʻngliga tushdi: Yusuf yalovoch Muso mening suyagimni Kaʼnonga eltgay, degan. U Yusuf yalovochning suyagini, qabrini bilgan bormi deb soʻradi. Bir kampir bilishligini aytdi. U Musoga dedi: Bir hojatim bor. Uni bajarmaguningcha aytmasman dedi. Muso aytdi: Hojating ne ekan.?

—Jannatda sen bilan birga boʻlsam.

Muso qabul qildi. Yusufning goʻrini kavlab, suyagini olib chiqdi. Ular oʻn ikki bugʻim- oʻn ikki ogʻa ini edilar. Har bir avlod, bugʻun yilgirma ming edi. Muso duo qildi. Qibtiylarning hamma mol- mulki  tosh boʻldi. Muso ikki yuz qirq ming soqchi erkaklar bilan yoʻlga tushdi. Xorun qoʻshinlar bilan oxirida yurdi. Tong ortdi. Qibtiylar uygʻondilar. Firʼavnga xabar yetdi. U barcha qoʻshinlarni yigʻing deb jar soldirdi.

Bani Isroilning yuklari ogʻir edi. Xotin-xalaj, yosh bolalar koʻpligi uchun ular asta yurardilar. Aytishlaricha, 300 ming erkak bilan uch kun yurdilar Firʼavn yetmish ming askari bilan Musoni quvdi. Kun chiqar paytda Musoga yetib bordilar. Muso qavmi qoʻrqdilar. Aytmishlar: Ey Muso, oldimizda dengiz toʻlqinlanib turibdi, qochgani yoʻl yoʻq. Farmoni oliy boʻldi. Ey Muso, tayoqingni suvga ur. Muso tayoqini suvga urdi va qavmiga kiring dedi. Musoning hamrohlari bizlar tutildik dedilar. Muso aytdi: «Mening yonimda  parvardigorim bor. U albatta meni najot yoʻliga boshlar. Asoing bilan dengizni urgil deb vahiy yubordi».  Shu payt dengiz boʻlinib har bir boʻlak suv baland togʻ kabi boʻldi.  «Dengiz suvi balchiq qanday kiramiz. Olloh oʻn ikki yoʻl yaratdi. Ey,Muso oʻn ikki avlod har biri alohida yoʻldan yursa bir — birini koʻrmagay halok boʻlsachi?» «Olloh mehribon»- dedi Muso.

Olloh baland togʻdek suvlarni tiniqlashtirdi. Odamlar bir- birini koʻradigan boʻldi. Koʻngillari tinchib suvga kirdilar va undan  omon -eson kechdilar. U paytda firʼavn qoʻshinlari yetib yekeldi. Firʼavn aygʻir otda edi. Dengizni va undagi  oʻn ikki yoʻlni koʻrdilar. Musoning moʻjizasi ekanligini bildi. Ammo, qoʻshinga bildirmadi. Mani tangriligimni bildingizmi suv menga yoʻl berdi deb yolgʻondan yaltoqlandi. U  paytda Olloh  Jabroilni odamiy suvratida yubordi. U yosh baytal ot minib qoʻshin oldida suvga tushdi. Uni koʻrib firavin mingan aygʻir ot suvga yoʻllandi. Aytmishlar, Mavlo taolo 4000 farishtani yubordi. Firʼavin qoʻshinlarining orasida yurdi.

— Sizlardan biror odam jannat qirgʻogʻiga keltirilmas. Xudodan qoʻrqqanlarnigina  qutqaramiz va zolimlarni tiz choʻkkan holda u yerda qoldiramiz.

Dengizga qibtiylarning bari kirdilar.

Savol: Qibtiylar, avliyo, moʻmin, kofir bari jahannamga kirmasdan qolmas. Unda moʻminlarning kofirlardan farqi nimada.

Javob: Nil dengiziga bani Isroil xalqi kirdi firavn qoʻshinlarini boshlab kirdi. Oʻzi salomat chiqdi. Mumin kofirlarni  boshlab doʻzaxga kirar, oʻzi chiqar. Kofirlar unda qoladilar.

Qissada kelishicha,  Muso qoʻshinlari ahli kavmi bilan suvdan chiqdilar. Ular bir adrda yigʻilib Mavlo taolaga shukur qilib, hamdu sano aytdilar. Qibtiylarning bari daryoga kirgach, Mavlodan vahiy boʻldi. Suv oqa boshladi. Firʼavn daryoda gʻarq boʻlayotib imon keltirdi. «Bani Isroil imon keltirgan zotdan boshqa birorta maʼbud yoʻqligiga ishondim» dedi. U holda Jabroil bir hovuch balchiqni olib uning ogʻziga soldi. «Endi imon ketirasanmi? Avval osiy eding. Fisqu fasod bilan shugʻullanuvchilardan eding,  bani Isroilning oʻgʻil bolalarini oʻldirding».

Aytmishlar firavn bir kuni Nil daryosi qirgʻogʻida ov ovlab yurardi. Jabroil odam suvratida kelib firʼavnga aytdi. Meni qulim bor. Gapga kirmas, buyurgan ishni qilmas. Unga qanday hukm lozim. Firʼavn javob berdi: Unday qulni suvda choʻktirmoq kerak. Jabroil aytdi. Bu hukmga sendan xat kerak. Firʼavn xat berdi. U xat Jabroilda edi. Daryo tubida gʻarq boʻlayotganda Jabroil u xatni koʻrsatdi.

— Bu seni xatingmi?

— Ha.

— Mavlo soʻzini eshitmagan, Mavloning gapini ikki qilgan qul sensan, —  dedi Jabroil.

Aytmishlar, firʼavn halok boʻlganidan keyin Jabroilga xitob keldi.: Ey Jabroil, u imon keltirdi. Olloh haqqi izzati uning iltijosini qabul qilsang joiz boʻlardi.

 Muso xalqiga firavn barcha qoʻshini bilan birga chigirtkadek halok boʻlganligini aytdi. Bani Isroil aytdilar: Bir un eshitdik. Ammo firʼavn halok boʻlganini bilmasmiz.

Firʼavn 400 yil tangrilik daʼvo qildi.  Bani Isroilni quldek ezdi. Ular yurak oldirmish edilar. Uning halok boʻlganini oʻz koʻzi bilan koʻrmak uchun dengiz qirgʻogʻiga keldilar. Aytmishlar, Odam Ato davridan firʼavn davrigacha suvga gʻarq boʻlgan odamning oʻligi dengiz qirgʻogʻiga chiqarib tashlanmasdi. Musoning koʻngli tinchisin deb firʼavn dengiz qirgʻogʻiga katta hoʻkizdek otib tashlangan edi. “Sendan keyingilarga ibrat boʻlsin deb bugun jismingga najot beramiz” deyiladi Qurʼoni karimda.

Aytmishlar, Musoning Somiriy degan xolasining  oʻgʻli bor edi. Jabroil dengizdan chiqayotganda uni hech kim tanimadi. Faqat Somiriy tanidi. Taniganiga sabab shu edi: Somiriyning koʻzi Jabroilning oti tuyogʻiga tushdi. Baytal tuyogʻini qayga qoʻysa, u yer yashnardi. Somiriy otdan tushdi. Jabroil otining tuyogʻi oʻrnidan bir hovuch tuproq oldi va uni asradi.

Bani Isroilga yondosh yerda  amoliq urugʻi yashardi, ular firʼavn qavmidan edi. Dengiz qirgʻogʻiga but oʻrnatib, sigʻinar edilar. Bani Isroil uni koʻrib, Musoga aytdi: “Ey Muso, ularni butlari boʻlganidek bizlarga ham but yasab ber”. Muso javob qildi: Ular albatta halok boʻlgʻuvchilardir. Botildirlar, sizlarga Mavlo taolodan aziz tangri yoʻq. Ular bizni oʻz fazli bilan gʻolib qildi. Dushmanlar halok boʻldi.

Davomi bor.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.