Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Kengesboy Karimov: Sen osmon, sen dunyo, turkiy tilimsan

0
43
marta koʻrilgan.

Nyu-Yorkda soʻzingni bilmaslar balki,
Londonda nazarga ilmaslar balki,
BMTda majlis qilmaslar balki,
Oʻzimning jonajon turkiy tilimsan.

Qultegin bobodan uqdim otingni,
Mahmud Qoshgʻariydan koʻrdim xatingni,
“Qutadgʻu bilik”dan hoqonotingni
Yuksaltirgan mening turkiy tilimsan.

Naqadar qadimiy buyuk shajarang,
Serbutoq shoxingda qancha meva, rang,
Yulduzlar kabi moʻl shevang, iborang,
Sen osmon, sen dunyo, turkiy tilimsan.

Bir ota-onaning eti-tirnogʻi,
Oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turkman turpogʻi,
Azar, qoʻmiq, chechen, qoraqalpogʻi
Ona deb soʻzlagan turkiy tilimsan.

Suyib bolam deysan, mehribonimsan,
Mening tomirimsan, mening jonimsan,
Ona suti bilan kirgan qonimsan,
Onam, ona tilim, turkiy tilimsan.

Qoraqalpoq tilidan Rustam Musurmon tarjimasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.