Rustam MIRVOHID: Navoiyxon qizga (Hazil)

0
299
marta koʻrilgan.

Navoiy hazratlarining asarlarini  oʻrganishning yangi  usuli ekan…  Qisqa satrlarda alloma asarlarining mazmun-mohiyati aks etib turibdi.

“Nasoyim ul-muhabbat” kelur sochingdan,
“Majolis un-nafois” – oʻltirar joying.
“Mahbub ul-qulub”san, ishongil, chindan,
“Xazoyin ul-maoniy” – butkul chiroying.

“Nazm ul-javohir”dir soʻzlaring albat,
“Sabʼati abhur”ga yoʻydim koʻzingni…
Xoʻp de, bir hoʻplayin vaslingdan, faqat
“Mezon ul-avzon”ga solma oʻzingni!.

2013 yil

©Rustam MIRVOHID

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.