Bogʻot tumanida davlat va siyosat arbobi Shakarjon Yusupovna Xoʻjaniyozovaning Xotira kechasi va Muhabbat Safayevaning «Opa. Siyrat sari safar» nomli kitobining takdimoti oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan Shakarjon Xoʻjaniyozovaning hayoti va faoliyatiga doir lavxalar, safdoshlarining unutilmas va boy xotiralari ushbu kitobdan keng oʻrin olgan. Opaning voha ijtimoiy-siyosiy xayotini yuksaltirishdagi oʻrni, xalq farovonligini taʼminlashdagi fidoyiliklariga doir voqealar juda taʼsirchan satrlarda ifoda kilingan.
Xotira kechasida soʻzga chiqqan viloyat hokimi oʻrinbosari S. Salayev, Bogʻot tuman hokimi O. Xolbayev, mehnat faxriysi Komiljon Xudayberganov, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanova, marhumning oʻgʻli Botirjon va qizi Shahloxon, ogahiyshunos olima Madina Matyakubova Shakarjon opaning ona va rahbar sifatidagi roliga alohida toʻxtaldilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga osh berildi. Marhumning porloq xotirasiga bagʻishlab Qurʼon tilovat qilindi.
Dilbar BEKCHANOVA