Navroʻzi ayyom arafasida kitobsevarlar uchun XUSHXABAR eʼlon qilindi.
Qadimiy qadriyatimizni qoʻllab quvvatlovchi innovatsion xabar: Endilikda qadrdon nashrlarimiz «Sharq yulduzi» va «Zvezda Vostoka» jurnallarini dunyoning istalgan mamlakatlaridan turib oʻqish imkoniyati yaratilmoqda. Bu esa mutolaa madaniyatini rivojlantirishning yangi usulidir.
“Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” birlashgan tahririyati bosh muharriri Sirojiddin Raupov tashabbusi va ijodiy jamoaning saʼy- harakati bilan sevimli jurnallarning elektron nashri ham yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi.
Elektron nashrni tashkil etish boʻyicha tahririyat va «YURIDA NYSA» XK oʻrtasida shartnoma imzolandi.
Yangi elektron nashrimizning mutolaa madaniyatini yuksaltirishdagi saʼy-harakatlariga yutuqlar tilab qolamiz.
GUJUM.UZ