Sirojiddin SAYYID: SEN UCHUN…

0
489
marta koʻrilgan.

Sirojiddin SAYYIDning mustaqillik qurbonlari xotirasini eʼzozlab, bugungi kun nafasi bilan uygʻunlashtirib yozgan «SEN UCHUN…» sheʼri mungli va sururli qoʻshiqdek qalblarga oqib kiradi.

Karantin kunlarida

Qodiriylar, Usmonlaru Choʻlponlar
Zindonlarda oʻtirishdi sen uchun.
Jangga ketgan gulday-gulday oʻgʻlonlar
Dushmanlarni oʻldirishdi sen uchun.
Yuz yil oʻtar.
Oʻtar asru zamonlar,
Boqar bizga qurbon boʻlgan oʻgʻlonlar,
Osmonlardan giryon-giryon Choʻlponlar ‒
Abdullolar, Fayzullolar, Usmonlar,
Gulday-gulday juvonmardlar,
oʻgʻlonlar.
Gulday-gulday juvonmarglar,
qurbonlar ‒
Millat uchun jonin berib oʻlponlar,
Millat uchun shahid ketgan oʻgʻlonlar,
Millat guli boʻlgan aziz oʻgʻlonlar.
Qodiriylar, Usmonlaru Choʻlponlar,
Abdullolar, Fayzullolar, Usmonlar ‒
Zindonlarda oʻtirishdi sen uchun,
Shu zamonni keltirishdi sen uchun.
Koʻz oldingga keltirmaysan sen nechun?
Oʻz uyingda oʻtirmaysan sen nechun?!.

2020 yil 27 mart

Sirojiddin SAYYID, Oʻzbekiston xalq shoiri

Suvratda: shoir volidasi bilan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.